Buxoro viloyati Ğijduvon tumanida qöşnisining maşinasini yoqib yuborgan şaxsga sud hukmi öqildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar qildi.

Ma’lum qilinişiça, Ğijduvon tumanida yaşovçi A.R. mahalladoşi, kabutar boquvçi fuqaro F.B.ga uyida kabutar saqlaşga qiziqişi ortayotganini aytib, undan 13 dona kabutar keltirib berişini söragan. Köp ötmay olib kelingan kabutarlarning ikki donasi yöqolgan. A.R. esa qöşnisidan yöqolgan kabutarlarni topib berişini talab qilgan. Şunda qöşnisi kabutar uçib ketgan bölişi mumkinligini aytgan. Ularning evaziga bir dona özining kabutarini berişini va ikkinçi kabutar qaytib kelmasa, keyinroq yana bir dona kabutar berişini tuşuntirgan.

Biroq jahli çiqqan A.R. öziga avvaldan taniş bölgan, uyida benzin sotuvçi A. ismli tanişining oldiga borib, u bilan spirtli içimlik içgan. Keçki payt uyiga qaytgunça tanişidan benzin olib, kabutar sotuvçi qöşnisi F.B.ning hovlisi oldida turgan Lacetti avtomaşinasiga benzin sepib, yoqib yuborgan va voqea joyidan qoçib ketgan.

Dastlabki tergov-suriştiruv işlari davomida A.R.ning jabrlanuvçiga 86 million 397 ming 465 sömlik moddiy zarar yetkazgani aniqlanib, tegişli tartibda jarima belgilangan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qiliş yoki unga zarar yetkaziş) 2-qismi qöllanib, 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.