Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozoğistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Şavkat Mirziyoyevni tuğilgan kuni bilan tabrikladi. 

Tojikiston

Dastlab Tojikiston prezidenti Özbekiston rahbari bilan telefon orqali muloqot qilgan. Suhbat avvalida Tojikiston yetakçisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Ikki tomonlama kun tartibidagi hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Joriy yil 2-3 iyun kunlari Tojikiston prezidentining mamlakatimizga rasmiy taşrifi yakunida erişilgan kelişuvlarni bajariş böyiça «yöl xaritasi»ni öz vaqtida amalga oşiriş muhimligi ta’kidlandi. Eng avvalo energetika sohasidagi kooperatsiya loyihalarini jadallaştirişga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yil sentabr oyida ötkaziladigan Şanxay hamkorlik taşkilotining Samarqand sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Qozoğiston

Şavkat Mirziyoyevning Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev bilan telefon orqali muloqotida köp qirrali munosabatlarni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Suhbat avvalida Qozoğiston yetakçisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan çin dildan tabriklab, unga mustahkam soğlik, baxt-saodat va katta zafarlar tiladi. Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Savdo va logistika, sanoat va agrosanoat sohalarida kooperatsiya loyihalarini jadallaştiriş muhimligi qayd etildi. Özbekiston va Qozoğiston hukumatlari darajasida yaqindan aloqalarni davom ettirişga kelişib olindi.

Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi. Şu hafta Qirğizistonda ötgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uçraşuvining samarali natijalari yuksak baholandi. Mintaqada yirik infratuzilmaviy loyihalarni tez fursatda tayyorlaş va amalga oşirişni boşlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.