Ma’lumki, şu kunlarda respublikamizning barça hududlarida havo haroratining anomal isib ketişi natijasida ayrim hududlarda elektr qurilmalari va tarmoqlarida iste’mol yuklamasi ortişi hamda nosozliklar kelib çiqişi kuzatilmoqda. Şu bois, “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev topşiriği bilan aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi korxona va boşqarmalarda işlab çiqariş va qayta işlaş reja körsatkiçlarini öz vaqtida bajariş maqsadida korxonalarning elektr ta’minoti tizimlari uzluksizligi va işonçliligini ta’minlaş böyiça bir qator amaliy çora-tadbirlar jadal sur’atlarda amalga oşirilmoqda.

Anomal issiq natijasida yuzaga kelayotgan noqulayliklarni hamda elektr qurilma va tarmoqlardagi favqulodda holatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş maqsadida, “Özbekneftgaz” AJ Boş energetik bölimi taşabbusi bilan hududlardagi korxona va boşqarmalarda avariyaga qarşi maxsus brigadalar taşkil etildi. Uşbu brigadalarga biriktirilgan mutaxassislar tun-u kun yuzaga kelayotgan barça nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etib borişmoqda.

Natijada yuqori va past kuçlanişli elektr taqsimlaş qurilmalarida, transformator punktlarida, elektr yoritkiçlarda va kommutatsion apparatlarda, şuningdek, havo va kabel elektr uzatiş tarmoqlarida sozlaş va ta’mirlaş, işçi holatini yaxşilaş, texnik tekşiruv hamda sinaş işlari muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.

Barça çoralar texnologik qurilmalarning uzluksiz va bir maromda işlaşini ta’minlaş, mamlakatimiz aholisiga yoqilği energetika resurslarini uzluksiz yetkazib beriş, şuningdek, sodir bölişi mumkin bölgan avariyali uzilişlarning oldini oliş hamda sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanişida zamin yaratadi.

“Özbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ










