Özbekiston prezidentining taşqi siyosat masalalari böyiça maxsus vakili Abdulaziz Komilov 26 iyul kuni Toşkentda bölib ötgan Afğoniston böyiça xalqaro konferensiya doirasida jurnalistlar bilan muloqot qildi va Afğoniston muvaqqat hukumati xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinişi ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi.
U uşbu tadbir ança ijobiy ötgani, Afğonistondagi öyinçilar örtasida ham aloqalar yaxşilanganini ta’kidladi.
«Afğonistonda NATO davlatlari va ikkinçi tarafning munosabatlari juda murakkab edi. Bugun munosabatlar ança yaxşilanganiga guvoh böldik. Muzlatilgan resurslardan foydalaniş masalasi barça tomonidan kötarildi. Öylaymanki, bu borada yaxşi tomonga özgarişlar bölyapti. Oldingi kun tartibi orqada qoldi, bugun asosiy masala Afğonistonning iqtisodiy taraqqiyoti va unga boğliq loyihalar mavjud. Biz yangi Afğoniston qurilişi modelini muhokama qilyapmiz.
Bugun «Kelinglar, ertaga «Tolibon»ni tan olamiz», degan masala kötarilmadi. Lekin özgarişlar ijobiy, boşqa davlatlar bilan aloqalarni normallaştirib boriş «tan oliş» masalasidagi yölning bir qismi», deya Komilovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
«Tolibon»ni qaysi davlat birinçi tan olişi borasidagi savolga javoban, Abdulaziz Komilov hazil tariqasida hozirça tan olişga navbat yöq, deya javob berdi.












