ÖzA xabariga köra, majlisni kiriş sözi bilan oçgan Senat raisi, mazkur komissiya raisi Tanzila Norboyeva xotin-qizlarning jamiyatdagi örni yaxşilanişi uçun davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan ayrim işlar bajarilmayotganini tanqid qildi. 

Bildirilişiça, “Olima ayollar” tuzilmasi hali taşkil etilmagan. Davlat boşqaruvi akademiyasida har yili kamida yuz nafar xotin-qizlar uçun alohida öquv kursi taşkil etilişi belgilangan bölsa ham bu amalda hali bajarilmagan. Xotin-qizlar röyxati hali şakllantirilmagan.

“Xotin-qizlar bilan bevosita iş olib boruvçi quyi böğinlar işi qoniqarli emas. Qoralayman, quyi böğinlar işlarini. Bu yil prezident topşiriği asosida 12 ming xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qiliş maqsadida uy-joy bilan ta’minlaş kerak edi. Lekin 500 dan sal ortiq ayol uy-joy bilan ta’minlangan, xolos. Bu boradagi reja ön foizga ham bajarilmagan. 

Prezident qabul qilgan hujjatning bajarilmasligini qanday baholaş kerak? Hujjatlar bajarilmasa, ularga işonç qoladimi? “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joylarini ta’mirlaşga kömaklaşiş nazarda tutilgan. Bu esa bir foizga ham bajarilmagan. 

Joylardagi mas’ul tuzilmalar esa topşiriqlarni bajariş örniga tadbirbozlik qilib yuribdi. Yozning jazirama issiq kunlarida 30 yoşdan oşgan ayollar sayohatlarini taşkil etiş vazifasi ham qöyilgan. Lekin bu ham amalda bajarilmagan”, dedi Tanzila Norboyeva. 

Ta’kidlanişiça, davlat tomonidan ayollarga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar köp. Majlisda bular amalda bajarilmayotgani tanqidiy körib çiqilmoqda.