Soliq qömitasi E-imtiyoz axborot tizimi orqali imtiyozlardan foydalaniş böyiça ayrim ma’lumotlarni taqdim etdi.
2022 yilning 6 oyida yuridik şaxslar 75 mingta holatda 24,6 trln söm soliq imtiyozlaridan foydalangan. Şundan 8,5 trln sömi QQSning nol stavkasi qöllangani bilan boğliq.
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar böyiça soliq imtiyozlari:
- Soliq kodeksiga asosan – 22,5 trln söm;
- qonun, prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boşqa hujjatlarga asosan – 2,1 trln söm qöllangan.
Soliq turlari kesimida:
- Eng köp qöllangan imtiyoz – QQS böyiça 22,4 trln söm (91,1%)
- Boşqa soliq turlaridan – 2,2 trln söm (8,9%) miqdorida foydalanilgan.
Hududlar kesimida:
Yirik soliq tölovçilar böyiça hududlararo davlat soliq inspeksiyasi korxonalari tomonidan jami imtiyoz summasining 18 trln söm qismi foydalanilgan. Imtiyozning qolgan 6,6 trln söm qismi respublikaning boşqa hududlariga töğri keladi.

Imtiyozlardan foydalangan korxonalarning katta qismi Toşkent şahrida – 11 286 korxona 3,2 trillion söm imtiyozlarga ega bölgan.
QQSni nol stavkada qöllaşdan taşqari eng köp soliq imtiyozlariga ega bölgan korxonalar röyxatida Grand Pharm Trade yetakçilik qilmoqda. U olti oyda 308,4 mlrd sömlik imtiyozga ega bölgan. Şuningdek, Meros Pharm MCHJ 192,3 mlrd söm, Farm Lyuks Invest 87,1 mlrd sömlik imtiyozlardan foydalangan.

Bundan taşqari, soliq imtiyozlaridan eng köp foydalangan TOP 10 korxonalar 10 ligida imtiyozlarning asosiy qismini QQSning nol stavkasi qöllanişi taşkil qilgan. Röyxatda birinçi örinni 4,3 trln sömlik soliq imtiyozlari bilan Navoiy kon metallurgiya zavodi egallagan bölsa, 1,8 trln söm bilan Olmaliq KMK va 1,2 trln sömlik imtiyozlar bilan Özmilliybank keyingi örinlarni zabt etdi.














