Sunnatilla Yöldoşev 2009 yilda Toşkent viloyatining Ohangaron tumani Ertoş qişloğida tuğilgan. Ota-onasi Çotqol toğ tizmalarida çorvaçilik bilan şuğullangani bois bolakayning hayoti ham qöy-qözilar, sigir-buzoqlar, eng asosiysi otlar bilan boğlangan. 3 yoşidan toğga çorva boqqani çiqişni boşlagan Sunnatilla otga minişni ham şu yoşida boşlagan.
Onasi Şahnoza Otabekova öğlining ilk ot minganini körganda juda qörqib ketganini eslaydi. Çunki 3 yoşli bolasining bir özini asov otning ustida birorta ona tasavvur qila olmasa kerak. Onasining aytişiça, şu-şu otasi ham, yaqinlari ham Sunnatilla ot minişiga va çorvani eplay olişiga işonç bildirişgan.
Sunnatilla otlarni va çorvani şu qadar yaxşi köradiki, may boşlanib maktablar tugaşi arafasida toğga çiqib ketaylik deb, ota-onasini holi-joniga qöymaydi. Ular yaşab turgan çodirga birorta mehmon ot bilan kelib qolsa, öşa otni bir marta minmasdan qöyib yubormaydi. U qişda, qor qalin bölsa, asov otlarni ham mina olişiga işonadi.
U toğlarsiz, toza havo va jonivorlarsiz yaşay olmasligini közidan anglaş qiyin emas.
Tohirjon Tursunov,
Boymirza Xalilov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus.












