“Özbekinvest” kompaniyasi suğurta sohasi rivojlanişida faol iştirok etib, barqaror rivojlaniş dinamikasini namoyon etdi va biznes asosiy körsatkiçlari barqaror ösişini ta’minladi.
2022 yilning 1-yarim yilligi yakunlariga köra, “Özbekinvest” tomonidan 240 milliard söm miqdorida yalpi suğurta mukofotlari yiğilişi ta’minlanib, 2021 yilning şu davriga nisbatan suğurta mukofoti ösişi 168 foizni taşkil etdi.
Tovar va xizmatlarning milliy eksportçilari 1,1 milliard AQŞ dollari miqdorida suğurta himoyasi taqdim etildi, bu esa mamlakatimizning xomaşyo bölmagan eksportining 29 foizini taşkil etdi.
2022 yilning 1-yarim yilligida xalqaro suğurta va qayta suğurta bozorlarida kompaniyaning suğurta operatsiyalarining barqaror va dinamik rivojlanişi davom etdi hamda 149,6 milliard söm yoki 13,8 million AQŞ dollari ekvivalentida qayta suğurta mukofotlarining yalpi tuşumi ta’minlandi, bu esa 2021 yilning şu davriga nisbatan 2,5 barobar köpdir.
Şu bilan birga, kompaniya suğurta portfelidagi suğurta xizmatlari eksportining uluşi 62 foizni taşkil etdi.
Uşbu yönalişda kompaniya yetakçi xalqaro transmilliy suğurta va qayta suğurta kompaniyalari va suğurta brokerlari bilan hamkorlik qiladi: "Allianz SE" (Germaniya), "Zurich Insurance Group" (Şveytsariya)", “Tokio Marine & Nichido Fire Insurance Co" (Yaponiya), "AXA" (Fransiya), “People Insurance Company of China” (Xitoy), “Korean Reinsurance Company” (Koreya), "Marsh" (AQŞ), "AON" va "UIB" (Buyuk Britaniya) va global suğurta bozorining boşqa asosiy öyinçilari bilan.
Şunday qilib, sönggi yillarda “Özbekinvest” xalqaro suğurta bozorining faol, tan olingan va nufuzli iştirokçisiga aylandi.
Kompaniya tomonidan korporativ segmentda 2021 yilning 1-yarim yilligi yakuniga nisbatan 136 foizga ösiş bilan 49,5 milliard söm miqdorida suğurta mukofotlari tuşumi ta’minlanib, yuridik şaxslar bilan 32 mingdan ortiq şartnomalar tuzildi.
Jismoniy şaxslarni suğurtalaş segmentida 26,7 milliard sömlik suğurta mukofotlari tuşumi ta’minlandi, 359 mingdan ortiq şartnomalar tuzildi.
Joriy yilning iyun oyi natijalariga köra, çakana savdo tarkibida elektron polislarning (Ye-polici) uluşi 45% ni taşkil etdi.
Bunda kompaniyaning 14 ta filial va 209 ta suğurta bölimidan iborat rivojlangan hududiy tarmoği muhim rol öynadi.
Joriy yilning 1-yarim yilligida 33,9 mlrd söm suğurta tovonlari tölanişi ta’minlandi, şu örinda milliy eksportyorlarga 2,5 mlrd söm suğurta tovonlari tölandi.










