«Adolat uçun mukofot» (RFJ) dasturi doirasida AQŞ Davlat departamenti Rossiyaning Amerikadagi saylovlarga aralaşuvi haqidagi ma’lumot uçun mukofot e’lon qildi. Bu haqda 28 iyul, payşanba kuni idora saytida xabar berildi.

Saylovga aralaşişda iştirok etayotgan yoki iştirok etgan xorijiy jismoniy yoxud yuridik şaxslarning şaxsini yoki joyini aniqlaş imkonini beruvçi, şuningdek, bunday aralaşuvning oldini olişga imkon beruvçi ma’lumotlar uçun 10 million dollargaça mukofot belgilandi. 

AQŞ taşqi siyosat idorasi qiziqayotgan şaxslar röyxatiga OAV «Putin oşpazi» deb ataydigan rossiyalik tadbirkor Yevgeniy Prigojin, şuningdek, «Internet-tadqiqotlar agentligi» (IRA) MÇJ kiradi. Uşbu taşkilot biznesmen bilan boğliq deb köriladi hamda «trollar fabrikasi» deb ataladi. 

Davlat departamenti xabarida IRA 2014 yildan buyon «nifoq soliş maqsadida» AQŞ saylovlariga aralaşiş böyiça operatsiyalarni amalga oşirayotgan taşkilot sifatida tavsiflanadi. Idora ma’lumotlariga köra, IRA boşqa bir qança rus kompaniyalari orqali işlagan va unga Prigojin tomonidan boşqariladigan «Konkord Menedjment i Konsalting» MÇJ hamda Concord Catering tomonidan homiylik qilingan.

Prigojindan taşqari, Davlat departamenti röyxatida IRA’ga aloqador deb taxmin qilingan yana bir qança şaxslar keltirilgan: Mixail Ivanoviç Bistrov, Mixail Leonidoviç Burçik, Aleksandra Yurevna Krilova, Anna Vladislavovna Bogaçeva, Sergey Pavloviç Polozov, Mariya Anatolevna Bovda, Robert Sergeyeviç Bovda, Jayxun Nasimiy öğli Aslanov, Vadim Vladimiroviç Podkopayev, Gleb Igoreviç Vasilçenko, Irina Viktorovna Kaverzina va Vladimir Venkov. Ulardan ba’zilari FQB tomonidan ham qidirilmoqda. 

Bu Davlat departamenti saylovlarga aralaşganlik haqidagi ma’lumot uçun mukofot taklif qilayotgan birinçi holat emas - idora iyul oyi boşida ham şunday e’lon qilgan, biroq öşa paytda u şaxslarning bunday aniq doirasini hisobga olmagan hamda aniq ismlarni körsatmagandi.

Şunga qaramay, Amerika rasmiylari Prigojinni bir neça bor bunday firibgarliklar uçun javobgar deb atagan, 2022 yil boşida esa Jozef Bayden ma’muriyati nemis aeroportlaridan birida joylaşgan Hawker 800 XP xususiy samolyotini musodara qiliş talabi bilan Germaniya hukumatiga murojaat qilgandi. Ba’zi ma’lumotlarga köra, u Prigojinga aloqador bölgan.

Biznesmenga, şuningdek, AQŞ va Yevroittifoqning sanksiyalar röyxatida bölgani uçun YeI va Ştatlarda aktivlarga ega bölişi taqiqlangan. Bundan taşqari, Yevroparlament «Vagner xususiy harbiy kompaniyasi» (Vagner XHK)ni u bilan boğlaydi. Prigojin Yevropa adliya sudida sanksiya qöllanilişiga e’tiroz bildirmoqçi böldi, ammo mağlubiyatga uçradi. Şu bilan birga, Rossiya sudlarida «Putin oşpazi» ğalaba qozonyapti - tadbirkor köpinça rossiyalik muxolifatçilar va OAVni öziga tuhmat qilişda ayblaydi.