Uçraşuv çoğida prezident e’tiborni kuçaytirib, yoşlarga ozgina şaroit yaratib berilsa, bu sohani yanada yuqoriroq poğonalarga olib çiqiş mumkinligiga işonç bildirdi.
“Bugungi muloqotimizni ötkaziş uçun Astrum akademiyasini bejizga tanlamadim. Bu yerda yuzlab yoşlar eng zamonaviy dasturlaş könikmalarini egallayotgani, ayniqsa, öqiş davomidayoq daromad topayotgani quvonarli albatta.
Boşqa hududlarda ham bunday IT akademiyalar taşkil qiliş istagida bölganlarning taşabbuslarini har tomonlama qöllab-quvvatlaymiz, barça masalalarini hal qilib beramiz”, dedi davlat rahbari.
Viloyat hokimlariga bir oy muddatda bu yerga kelib, barça şaroit va imkoniyatlarni közi bilan körib, öz hududida kamida 1 tadan şunday IT akademiya taşkil etiş loyihasini boşlaşga topşiriq berildi.












