Özbekistondagi 60ta oliy ta’lim muassasasi özini özi energiya bilan ta’minlaş uçun quyoş fotoelektr qurilmalarini sotib olmoqda. OTMlar 26-30 iyul kunlari “Özeltexsanoat” uyuşmasida bölib ötgan oçiq körgazmada turli kompaniyalar bilan 300 milliard sömlik şartnomalar imzoladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Muqobil energiyadan foydalanişni boşlayotgan oliygohlar orasida ÖzMU, TDIU, TDPU, ÖzJOKU, TDYuU, TMI va viloyatlar universitetlari hamda OTMlarning viloyatlardagi filiallari ham bor.
11ta kompaniya OTMlarga 4 600 kVt quvvatga ega quyoş fotoelektrik qurilmalarini yetkazib beradi. Fotoelektrik qurilmalar öquv binolari va yotoqxonalarga örnatilişi kutilmoqda.
Davlat oliygohlarining binolari 2025 yilgaça bosqiçma-bosqiç töliq quyoş fotoelektrik tizimi bilan ta’minlanişi közda tutilgan. Mablağlar davlat budjetidan sarflanadi.
“Özeltexsanoat” uyuşmasi raisi Mirziyod Yunusovga köra, 2021 yil noyabr oyida uyuşma binosiga örnatilgan quyoş fotoelektr stansiyasi xarajatlarni sezilarli qisqartirgan va elektr energiyasidan samarali foydalanişga yordam bergan.
“Nominal 20 kVt quvvatga ega quyoş fotoelektrik tizimi uyuşma binosidagi elektr taqsimlaş tizimiga ulangan bölib, nafaqat öz ehtiyoji uçun qöşimça yaşil energiya manbayi sifatida, balki hududda örnatilgan elektrmobillar uçun quvvatlaş uskunasiga ham ulangan.
Vazifamiz – tajribamiz orqali yaşil texnologiyalarni joriy etiş samaradorligi va ulardan manfaatli foydalaniş maqsadida respublikamizda yaratilgan unikal imkoniyatlarni keng namoyiş etişdan iboratdir”, – deydi u.
Eslatib ötamiz, mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaşga oid qarorga asosan, davlat xaridlarida iştirok etişi çeklangan tovarlarning 529 talik röyxatida generatorlar, radiatorlar va isitiş qozonlari ham bor.











