Joriy yilning I yarim yilligida respublika budjeti hisobidan (930,8 mlrd söm) jami 1779,9 km içimlik va 74,8 km oqova suv tarmoqlari, 121 ta inşootni quriş hamda rekonstruksiya qiliş işlari amalga oşirildi, 69 ta obektda quriliş-montaj işlari yakunlandi.
Xalqaro moliya institutlari mablağlari hisobidan (108,3 mln dollar) jami 119,2 km içimlik va 33,9 km oqova suv tarmoqlarini quriş hamda rekonstruksiya işlari amalga oşirildi, 4 ta suv taqsimlaş inşooti qurildi va 5 ta suv taqsimlaş inşooti rekonstruksiya qilindi.
2022 yilda «Özsuvta’minot» AJ tomonidan xalqaro moliya institutlari iştirokida 20 ta loyiha amalga oşirilmoqda. Uşbu loyihalar Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Islom taraqqiyot banki hamda Saudiya taraqqiyot va OPeK jamğarmalarining 1 mlrd 861 mln dollar qarz mablağlari hisobidan moliyalaştirilişi közda tutilgan.
Joriy yil yakuniga qadar 2 trln sömdan ortiq mablağlar doirasida 527 ta inşoot, 5,5 ming km içimlik hamda oqova suv tarmoqlarini quriş va rekonstruksiya qiliş, xalqaro moliya institutlarining 245,1 mln dollar miqdoridagi mablağlari hisobidan 1,6 million aholini ilk bor içimlik suvi bilan ta’minlaş, 3,4 million aholining içimlik suvi ta’minotini yaxşilaş va şu tariqa markazlaşgan içimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 74,2 foizga, oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinganlik körsatkiçini esa 18 foizga yetkaziş rejalaştirilgan.












