AQŞ Kongressining vakillar palatasi yarim avtomat qurollarning ayrim turlarini taqiqlaşni qöllab-quvvatladi. 29 iyul, juma kuni Demokratik partiya nazoratidagi quyi palatada ovozlar partiya yönalişlari böyiça taqsimlandi. 217 deputat buni qöllab-quvvatladi, 213 deputat qarşi çiqdi. Mutaxassislarning taxminiça, qonun loyihasi demokratlar 50 öringa ega bölgan Senatdan ötmaydi va yana kamida 10 nafar respublikaçining ma’qullaşi talab etiladi.
Sönggi paytlarda ommaviy otişmalar röy berganiga qaramay, qurol islohoti AQŞda çuqur ziddiyatli masala bölib qolmoqda. Vakillar palatasida faqat ikkita respublikaçi demokratlarga qöşilib, taqiqni qöllab-quvvatladi.
Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi qonun loyihasini «mamlakatda qurolli zöravonlikning falokatli epidemiyasiga qarşi kuraşdagi asosiy qadam» deb atadi.
Prezident Jo Bayden ovoz beriş natijasini olqişlab, «amerikaliklarning köpçiligi bu soğlom fikrga qöşiladi», deb ta’kidladi. Bayden 1994 yilda senator bölganida yarim avtomat qurollarga nisbatan amalda bölgan taqiqni ta’minlaşda muhim rol öynagan.
Yarim avtomat va boşqa hujum qurollarini taqiqlaş AQŞda 1994 yilda 10 yil muddatga qabul qilingan va bu muddat tugaganidan keyin uzaytirilmagan, bu esa qurol sotuvining keskin ösişiga olib kelgan.
Hozir vakillar palatasi tomonidan ma’qullangan qonun loyihasida sanab ötilgan qurollar orasida 200 dan ortiq turdagi yarim avtomat miltiqlar, jumladan AR-15 va töpponçalar ham bor. Hujjat ularni sotiş, olib kiriş, işlab çiqariş yoki boşqalarga berişni noqonuniy işga aylantiradi.
«Biz xavfsizlik qoidalari doirasida öqotar qurollardan, şu jumladan AR-15’dan foydalanadigan, egalik qiladigan va olib yuradigan qonunga böysunuvçi barça qurol egalarining huquqlarini himoya qilişda davom etamiz», dedi Jyeyms Komer (Kentukki ştatidan respublikaçi).
Respublikaçilar partiyasida köpçilik ovoz berişni 8 noyabr kuni bölib ötadigan oraliq saylovlar oldidan populistik harakat deb körmoqda.
Bayden 25 iyun kuni öqotar qurollar muomalasi ustidan nazoratni kuçaytiriş töğrisidagi qonunni imzoladi. Hujjatda 21 yoşga tölmagan şaxslarni qurol sotişdan oldin yanada qattiqroq tekşiruvdan ötkaziş, şuningdek, fuqarolar ruhiy salomatligini saqlaş xizmatlarini moliyalaştiriş va ta’lim muassasalari xavfsizligini ta’minlaş uçun 15 milliard dollar ajratiş nazarda tutilgan. Bundan taşqari, qonun uydagi zöravonlik uçun sudlangan şaxslarga beş yil davomida öqotar qurol sotib olişni taqiqladi va ştatlarga inqirozga aralaşuv dasturlari uçun 750 million dollar grant ajratdi.












