Davlat xavfsizlik xizmati Özbekistonning qator hududlarida yer maydonlarining noqonuniy sotilişlariga çek qöydi.
DXX axborot xizmati xabarida qayd etilişiça, DXXning Toşkent şahar böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda şahar Içki işlar boş boşqarmasi bilan hamkorlikda bir neçta tezkor tadbirlar ötkazilgan.
Jumladan, Toşkent şahrida yaşovçi muqaddam sudlangan şaxs (1959 yilda tuğilgan) Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida joylaşgan va boşqa bir fuqaroga issiqxona taşkil etişi uçun ajratilgan 2 gektar suğoriladigan yer maydonini hokimiyat tizimidagi tanişlari orqali xaridor nomiga rasmiylaştirib, u yerda işlab çiqariş sexi qurişi uçun ruxsat olib beriş evaziga 500 ming dollari talab qilgan. U söralgan pulning 50 ming dollarini oldindan olgan vaqtida uşlangan.
Böstonliq tumanida kuzatilgan holatda esa (1990 yilda tuğilgan) şaxs boşqa bir fuqaroga tegişli fermer xöjaligiga boğdorçilik uçun 49 yil muddatga ajratilgan 35 gektar yer maydonini mansabdor tanişlari orqali auksion savdolariga çiqarmasdan xaridor nomiga rasmiylaştirib berişini aytgan. Evaziga 350 ming dollar talab qilib, oldindan 40 ming dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Toşkent şahrida yaşovçi şaxs (1992 yilda tuğilgan) ham özganing işonçiga kirib, Böstonliq tumanidagi mahalliy MÇJga tegişli 3 gektar yer maydonini uning nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilgan. Evaziga 680 ming dollar talab qilib, oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida uşlangan.
Bu yönalişda DXX Jizzax viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari ham Boş prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazgan. Xususan, Şarof Raşidov tumanidagi paxta va ğallaçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjalik rahbari mazkur xöjalikning 5 gektar suvli yer maydonini 200 million sömga sotmoqçi bölgan. Şuningdek, tuman qişloq xöjaligi bölimida işlovçi tanişlari orqali yerning tegişli hujjatlarini xaridor nomiga rasmiylaştirib berişni reja qilgan.
Ammo u söralgan pulni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Andijon şahrida












