31 iyul, yakşanba kuni Iroqning nufuzli şialar imomi Muqtada as-Sadr tarafdorlari korrupsiya va samarasiz siyosiy boşqaruvga qarşi norozilik bildirib, Bağdoddagi Iroq parlamenti binosini ketma-ket ikkinçi kun nazorat qilişda davom etdi. Ular u yerda çodirlar qurib, muddatsiz norozilik namoyişini boşlaşdi.

«Namoyişçilar keyingi ogohlantirişgaça ötirişadi», dedi al-Sadr vakillari jurnalistlarga qisqaça bayonot berib, u INA davlat axborot agentligi tomonidan keltirgan.

Muqtada as-Sadrning minglab tarafdorlari bir hafta içida ikkinçi marta Bağdodning «yaşil zonasi»dagi parlament binosiga bostirib kirdi, politsiya ularga qarşi közdan yoş oqizuvçi gaz işlatdi. Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, töqnaşuvlarda kamida 100 nafar namoyişçi va 25 nafar politsiyaçi jarohat olgan. Parlamentga bostirib kirişiga bevosita sabab - raqib şialar blokining boş vazir lavozimiga eronparast arbob Muhammad Şiyax al-Sudaniy nomzodini körsatiş haqidagi qarori böldi. 

BMT ham, Yevropa ittifoqi ham Bağdodda keskinlik kuçayişidan ogohlantirgan. Yakşanba kuni e’lon qilingan bayonotda YeI rasmiysi «davom etayotgan norozilik namoyişlari va ularning potensial kuçayişi» haqida xavotir bildirdi va «konstruktiv siyosiy muloqot»ga çaqirdi. BMT boş kotibi Antoniu Guterriş samarali milliy hukumatni şakllantiriş uçun «tinç va inklyuziv muloqot»ga çaqirdi. 

As-Sadr partiyasi 2021 yil oktyabr oyida Iroq saylovlarida ğalaba qozongan edi. Biroq u hukumat tuza olmaganidan keyin deputatlarini parlamentdan çaqirib oldi. U aksariyati Erondan harbiy va moliyaviy yordam oladigan hamda öz harbiylaşgan guruhlariga ega şialar partiyalariga qarşi ittifoq tuzmoqçi edi. Natijada önlab örinlar şialar partiyalari ittifoqiga nasib etdi. Deyarli bir yil davomida vaziyat boşi berk köçaga kirib qolgan, Iroq prezident va boş vazirsiz qolmoqda. 

Hokimiyat uçun kuraşda as-Sadr harakati sobiq hukumat rahbari Nuri al-Malikiy atrofidagi siyosiy raqiblarining hukumat tuzişiga tösqinlik qilmoqçi. 47 yoşli diniy yetakçining raqiblari parlament saylovlaridan deyarli ön oy ötib boş vazirlikka öz nomzodlarini taqdim etişdi. Biroq, as-Sadr nuqtayi nazaridan, bu lavozimga körsatilgan sobiq vazir Muhammad Şiyax as-Sudaniy as-Sadr bilan qarama-qarşi bölgan sobiq boş vazir al-Malikiyga juda yaqin. Qolaversa, al-Malikiy va uning ittifoqi qöşni Eronga oçiqdan-oçiq xayrixohlik bildiradi. 

Muxoliflari tomonidan korrupsiyada ham ayblanayotgan as-Sadr katta kuçga ega. Uning tarafdorlari Iroqdagi vazirlik va davlat muassasalarida nufuzli lavozimlarni egallaydi. Mamlakat katta neft zaxiralariga ega, lekin elektr ta’minotidagi uzilişlar, ta’lim va soğliqni saqlaşning past darajasi, ayniqsa, yoşlar orasida işsizlikning yuqori darajasidan aziyat çekmoqda.