Hududiy bölimlar rahbarlarini öqitiş Janubiy Koreyaning Seul şahridagi «Korean Re» va «Hyundai Marine & Fire Insurance» öquv markazlarida amalga oşirildi. Kompaniya mutaxassislari Janubiy Koreyaning suğurta va qayta suğurta bozorining rivojlaniş holati, mol-mulk suğurtasi, javobgarlik suğurtasi, muhandislik suğurtasi va aholiga taqdim qilinayotgan suğurta turlarini batafsil örgandilar.

Trening yakunlari böyiça “Korean Re” va «Hyundai Marine & Fire Insurance» kompaniyalarining yetakçi mutaxassislari bilan Özbekistonda suğurta bozorini rivojlantirişning eng dolzarb masalalari, şuningdek, global taşqi omillarning suğurta sohasining rivojlanişiga ta’siri böyiça tajriba va fikr almaşildi.

Kompaniya hududiy rahbarlarining tajriba orttiriş dasturi maqsadli ravişda dunyoning iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar öntaligiga kiruvçi va suğurta bozorining xajmi böyiça Osiyo qit’asi davlatlari orasida yetakçilardan bölgan, aholisining 94 foizi 2 va undan ortiq suğurta polisiga ega bölgan, mamlakat yalpi içki mahsulotining 11,4 foiz hajmi bilan suğurta mukofotlari xajmi böyiça dunyoda 7-örinni egallaydigan Janubiy Koreyada taşkil etildi.

Barça darajadagi mutaxassislarning professional könikmalarini uzluksiz oşirib boriş “Özbekinvest” kompaniyasi faoliyatining asosiy yönalişlaridan biridir. Şu maqsadda, tuzilmalar xodimlari va örta böğin mutaxassislari uçun “Suğurta maktabi”, boşqaruv xodimlarining malakasini oşiriş böyiça “Suğurta akademiyasi” hamda suğurta agentlarini tayyorlaş böyiça onlayn platforma faoliyat körsatmoqda.

Şu yilning may oyida 14 nafar tuman bölimlari eng samarali rahbarlari Pragadagi Ğarbiy Bogemiya universitetida (Çexiya) malaka oşiriş kurslarini tamomladilar.

Tuman bölimlari rahbarlarining navbatdagi guruhi joriy yilning sentabr oyida Praga şahrida amaliyot ötaş uçun yuborilişga tayyorlanmoqda, viloyat filiallar rahbarlari esa kelasi yil boşida amaliyot ötaş uçun Nyu-York şahriga, dunyoning rivojlangan yetakçi suğurta bozorini örganiş uçun AQŞga yuboriladi.

“Özbekinvest” eksport-import suğurta kompaniyasi AJ axborot xizmati Ⓣ