Turkiy dunyo doirasida “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiya doirasida Toşkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Şahrisabz, Marğilon, Qöqon, Termiz va boşqa tarixiy şaharlarda buyuk allomalarning ilmiy va madaniy merosi töğrisida seminar, simpozium, konferensiya, ilmiy-amaliy anjumanlar ötkaziladi.
Turkiy davlatlar taşkiloti doirasida özaro hamkorlik orqali “Tabarruk ziyorat” brendi yaratiladi. 2023 yildan har 2 yilda 1 marotaba:
may oyi uçinçi dekadasida Marğilon şahrida “Marğilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzusida körgazma va ilmiy-konferensiya;
iyun oyi birinçi dekadasida “Lavanda” festivali;
iyul oyida talabalar va yoşlar uçun Turksoy xalqaro taşkiloti bilan hamkorlikda “Turkiy tilli yoşlar” xalqaro festivali;
avgust oyi uçinçi haftasida turkiy davlatlar tadbirkorlari, OAV, jurnalist va blogerlar uçun “Tabarruk ziyorat” xalqaro mediaturi va uning doirasida B2B formatida uçraşuvlar taşkil etiladi.












