Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyati böyiça boşqarmasi va Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Namangan viloyat boşqarmasi tomonidan «Özbekiston poçtasi» AJ Namangan filiali Çortoq tuman poçta aloqa boğlamasi sobiq boş hisobçisi N.T. va boşqa mansabdor şaxslari 529 mln söm pul mablağlarini özlaştirgani aniqlangan.
Xususan, ayblanuvçilar tomonidan fuqarolarning aliment pullari, poçta xizmatlari körsatilişidan tuşgan daromadlari, obuna, kommunal tölovlardan tuşgan mablağlar özlarining plastik kartalariga noqonuniy ravişda ötkazilgan va konvert-marka mahsulotlarini noqonuniy sotiş hamda ortiqça iş haqlarini hisoblaş orqali özgalarning mablağlari özlaştirilgan va kamomad qiliş yöli bilan talon-taroj qilingan.
Hozirda T.N. va boşqalarga nisbatan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Namangan viloyat boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi a-bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












