Vazirlar Mahkamasining “Yöl harakati xavfsizligi sohasini ilmiy-metodik ta’minlaş, yöllarda ekspluatatsiya-montaj faoliyatini tartibga soliş hamda “Xavfsiz yöl” indeksini yuritiş amaliyotini joriy etiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning “Avtomobil yöllarida inson xavfsizligini işonçli ta’minlaş va ölim holatlarini keskin kamaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorini amalga oşiriş uçun:
Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari maxsus ekspluatatsiya-montaj bölinmalari hamda Toşkent şahar hokimligi Yöl harakatini taşkil etiş markazi hududiy içki işlar organlari yöl harakati xavfsizligi boşqarmalari huzuriga ötkazilgan;
hududlarda yöl harakatini samarali taşkil etiş holatini baholaş va bu borada mahalliy hokimiyat organlari mas’uliyatini kuçaytiriş maqsadida respublika barça tuman (şahar)lari böyiça “Xavfsiz yöl” indeksini yuritiş amaliyoti yölga qöyilgan.
Bunda indeksni yuritiş vazifasi yöl harakati xavfsizligi bölinmalariga yuklatiladi. Har çorak yakunida indeks doirasida yöl infratuzilmasi va yöl harakati qoidalariga rioya qilinişi holati maxsus komissiyalar tomonidan 29 ta indikator böyiça baholanadi.
Tuman (şahar)lar indeks körsatkiçlari asosida yöllarda harakat xavfsizligini taşkil etişning holati böyiça “yaşil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi.
Qaror bilan prezidentning “Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlaş va uni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga muvofiq taşkil etilgan Yöl harakati xavfsizligi muammolarini örganiş markazining vazifalari belgilandi:
YTH sabablarini örganişga doir tadqiqotlar ötkazilişini va muvofiqlaştirilişini taşkil etiş;
yöl harakati xavfsizligi sohasida maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oşiriş;
yöl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga imkon berayotgan asl omillarni aniqlaş va ularni bartaraf etiş çora-tadbirlarini işlab çiqiş;
yöl harakati iştirokçilarini YTHdan himoya qiliş darajasini oşirişning huquqiy, muhandislik-texnik, axborot, taşkiliy-metodik muammolarini tadqiq etiş.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:












