A.Teksler hududlararo töğridan töğri aviaqatnovni yölga qöyiş, turistik taklif va yönalişlarni standartlaştiriş, logistikani yaxşilaş ahamiyatini ta’kidladi. Bu turizmni, jumladan, stomatologik va oftalmologik sohalarda tibbiy turizmni yölga qöyiş va yaxşilaşga xizmat qilişini aytib ötdi. U sanoat kooperatsiyasini rivojlantirişda davom etiş, hamkorlik şartnomasini tuziş va madaniy almaşinuvni yölga qöyiş takliflarini bildirdi.

Astraxan oblasti sanoat va tabiiy resurslar vaziri Ilya Volinskiy Kaspiy dengiziga yölni oçib turgan viloyat zamonaviy logistik xizmatlarni körsatiş imkoniyatiga egaligini ma’lum qildi. U Astraxanda savdo uyini oçiş taklifini bildirdi – bu korxonalarga butun Rossiya bozorini qamrab oliş, qişloq xöjalik mahsulotlarini, xususan, piyoz va kartoşkani yetiştiriş va yetkazib beriş sohasida hamkorlikni yölga qöyiş imkoniyatini beradi. 1000 nafardan ortiq özbekistonlik talabalar tahsil olayotgan Astraxan universiteti muvaffaqiyatini ta’kidlab, I.Volinskiy kasb ta’limi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirişni taklif qildi.

J.Ortiqxöjayev mehmonlarning taşabbusini qöllab-quvvatlab, ularning taklif va fikrlariga qiziqiş bildirdi. Uçraşuv yakunida taraflar özaro foydali va istiqbolli hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan muzokaralarni davom ettirişga kelişib oldi.