Amaldagi Konstitutsiyamizning muqaddima qismida “huquqiy davlat barpo etişni közlab” konstitutsiya qabul qilinganligi keltirib ötilgan bölsa, 2022 yil 25 iyunda e’lon qilingan “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasida “Özbekiston – huquqiy davlat” degan konseptual norma taklif qilinmoqda. E’tiborimni tortgan jihatlardan biri, loyihada “huquqiy davlat” ğoyasining mazmuni boşqa normalarda yanada rivojlantirilgan. Xususan, eng muhim masalalardan biri “hokimiyatlar vakolatlari bölinişi prinsipi”ning Konstitutsiya darajasida mustahkamlanişi va uning amal qilinişini olaylik.
Konstitutsiyaning 11-moddasiga köra, “Özbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi va sud hokimiyatiga bölinişi prinsipiga asoslanadi”. Amalda qanday? Konstitutsiyamizda uşbu qoidadan kelib çiqib, Markaziy davlat organlari kesimida (qonun çiqaruvçi – Oliy Majlis, ijro etuvçi – Vazirlar Mahkamasi, sud tizimi – Oliy sud) hokimiyatlar bölinişi prinsipi mexanizmi mustahkamlangan.
Mahalliy darajada hokimiyatlar bölinişi prinsipini amalga oşiriş yoki boşqaça aytganda ijro va vakillik organi rahbarligini alohida mustaqil şaxslarga topşiriş masalasi uzoq yillardan buyon ilmiy hamjamiyatning ham, keng jamoatçilikning ham muhokama mavzusi bölib keldi. Aniqroq qilib aytganda, Konstitutsiya qabul qilingandan buyon uşbu masala aktual bölib kelmoqda.
2017 yildan boşlab uşbu masalaga, jiddiy yondaşgan holda, bosqiçma-bosqiç turli özgartişlar amalga oşirib kelindi. Aniqroq aytadigan bölsak:
Birinçidan, 2017 yilgaça şaharga böysunuvçi tumanlarda kengaşlar mavjud bölmagan bölsa, 2017 yil 29 avgustda Konstitutsiyaning 99-moddasiga kiritilgan özgartirişlarga köra, Toşkent şahri tumanlarida ham Kengaşlar iş boşladi. Ilk marotaba 2017 yilda Toşkent şahar tuman Kengaşlariga saylovlar bölib ötdi.
Ikkinçidan, “Kengaş nazorati” instituti kuçaytirildi. 2017 yil 14 sentabrdagi ÖRQ-446-sonli Qonuniga asosan, ijro organlari rahbarlari, şu jumladan, soğliqni saqlaş, adliya, içki işlar organlari rahbarlari va prokurorning belgilangan muddatlarda Kengaşlar oldida hisobot va axborot beriş tizimi yölga qöyildi.











