Kun.uz muxbirining xabar berişiça, muhokamalar jarayonida senatorlar tomonidan qonunda qayta körib çiqilişi lozim bölgan qator masalalar mavjud deb topildi.

Xususan, Oila kodeksining amaldagi 13-moddasida uzrli sabablar bölganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş organi bir oy ötgunga qadar nikoh tuzişga ruxsat berilişi, alohida hollarda, masalan homiladorlik, bola tuğilişi, bir tarafning kasalligi va boşqa holatlarda nikoh ariza berilgan kuni tuzilişi mumkinligi qayd etilgan. Biroq körib çiqilayotgan qonun bilan mazkur normalar çiqarib taşlanmoqda.

Bunga asos sifatida qonun bilan kiritilayotgan boşqa özgartişlar körsatilgan. Xususan, endilikda nikoh tuziş fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş organlariga ariza berganidan keyin bir oy ötgaç emas, balki ariza berganidan va belgilangan tartibda tibbiy körikdan ötganidan keyin amalga oşirilişi nazarda tutilgan.

«Ammo nikoh tuziş fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş organlariga ariza berganidan va belgilangan tartibda tibbiy körikdan ötganidan keyin qança muddat davomida ötkazilişi noaniqligiça qolgan. Şunga köra, mazkur normaning qabul qilinişi alohida hollarda, ya’ni homiladorlik, bola tuğilişi, bir tarafning kasalligi va boşqa holatlarda nikohni ariza berilgan kunning özida tuziş imkoniyatini çeklaşga olib kelişi va bu öz navbatida nikohlanuvçi şaxslarning haqli e’tirozlariga sabab bölişi mumkinligi qayd etildi», - deydi senatorlar.

Şuningdek, Senat nikohni qayd etişning bir oylik muddatini bekor qiliş hamda nikoh tuziş FHDYoga ariza berilganidan va belgilangan tartibda tibbiy körikdan ötilgandan keyin amalga oşirilişiga doir normani kiritişda takliflar yetarli darajada asoslantirilmagan, şuningdek milliy va xorijiy mamlakatlar tajribasi çuqur örganilib, tahlil qilinmagan, deb topdi.

«Jumladan, qonun taşabbuskorlari tomonidan ayrim xorijiy mamlakatlarda nikohni qayd etişdagi muddatlarning mavjud emasligi yoki ularning qisqaligi bayon etilgan bölsa-da, milliy qonunçiligimiz tizimi özaro yaqin bölgan boşqa bir qator xorijiy va MDH davlatlarida uşbu muddatlar hali ham mavjud. Masalan, Rossiya (1 oydan kam bölmagan va 12 oydan köp bölmagan muddatda), Armaniston (1 oydan kam bölmagan 3 oydan köp bölmagan), Ozarboyjon va Qozoğiston (1 oy muddatda) hamda boşqa köplab mamlakatlarda nikoh tuzişda tegişli muddatlar saqlanib qolgan.

Amaldagi norma va qoidalar, ya’ni nikohni qayd etişdagi muddatlarning mavjudligi nikohdan ötuvçilarning öz qarorlarini puxta öylab körişlariga, yoşlar tomonidan şoşma-şoşarlik bilan nikohdan ötişga yöl qöymaslikka, ularni oilaviy hayotga tayyorlaşga, mamlakatda ajraşişlar sonining kamayişiga imkon berişi mumkinligi jihatidan talqin etilmoqda hamda bu böyiça tegişli qator qonunosti hujjatlari ham qabul qilingan», - deyiladi senatorlar bildirgan e’tirozlarda.