Tadbir davomida ta’kidlanişiça, işçi guruh 5-yiğilişi doirasida köp tomonlama va ikki tomonlama muzokaralar davomida JSTga a’zo davlatlarga mamlakat taşqi savdo rejimi haqidagi barça savollarga töliq javoblar taqdim etildi. Muzokaralar natijalariga asosan, amaliyotga muvofiq, iyul oyi oxirida JSTga a’zo davlatlar tomonidan qöşimça yozma savollar yuborildi.
JSTga a’zo böliş doirasida faol ikki tomonlama muzokaralar ötkaziş, alohida qöşimça hujjatlarni tayyorlaş va taqdim etiş kabi joriy yil oxirigaça amalga oşiriladigan asosiy vazifalar belgilandi.
Özbekiston böyiça işçi guruh navbatdagi, 6-yiğilişini joriy yil oxirigaça ötkaziş uçun respublika JST kotibiyatiga taşkilotga a’zo davlatlar qöşimça savollariga javoblar hamda sörovlarga muvofiq texnik jihatdan tartibga soliş, intellektual mulk va boşqa yönalişlarga oid yangilangan hujjatlarni taqdim etiş zarurligi ta’kidlandi.
Yiğilişda respublikaning JSTga qöşilişi böyiça navbatdagi muzokaralarni samarali va sifatli taşkil etiş yuzasidan takliflar işlab çiqiş, a’zo böliş joriy holatini tahlil qiliş böyiça haftalik işçi muhokamalar ötkazişga qaror qilindi.












