12:16 / 04.08.2022
1331
O‘zbekiston konsulligi orqali elektron raqamli imzoni olish imkoniyati yaratildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari endi elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini olish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanishlari mumkin.

O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo berish tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • diplomatik vakolatxonalar konsullik bo‘limlari va konsullik muassasalariga murojaat qilish tartibi;
  • ERI sertifikatini berish tartibi va amal qilish muddati;
  • xizmat uchun konsullik yig‘imlari miqdori.

Konsullik muassasasi orqali ERI kalitlari sertifikatlarini ro‘yxatga olish va ularni berish vakolatli organ tomonidan idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi orqali amalga oshiriladi. ERI sertifikati amal qilish muddati u ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 2 yildan oshmasligi kerak.

ERI kaliti sertifikati —  o‘zida egasi to‘g‘risidagi axborotni saqlaydigan hujjat, unda egasi maqomi, rekvizitlari va vakolatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shifrlangan. Sertifikat kalit qo‘llanilishi uchun javobgar bo‘lgan muayyan shaxsga tegishli ekanini tasdiqlaydi. Hujjat elektron raqamli yoki qog‘oz shaklidagi variantlarga ega.

Mavzuga oid
Top