Yevropa ittifoqi Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukoviç va uning öğli Aleksandrga qarşi «RFning Ukrainaga qarşi davom etayotgan asossiz harbiy agressiyasiga javoban» yangi sanksiyalar kiritdi. Tegişli huquqiy hujjatlar 4 avgust, payşanba kuni YeI rasmiy jurnalida çop etildi. 

YeI kengaşi Yanukoviç va uning öğlini «Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga, mamlakat barqarorligi va xavfsizligiga putur yetkaziş yoki unga tahdid solişdagi roli uçun» çeklov çoralari qöllaniladigan şaxslar, taşkilotlar va organlar röyxatiga qöşdi. Bundan taşqari  Aleksandr Viktoroviç Yanukoviç «Donbassdagi ayirmaçi guruhlar bilan bitimlar amalga oşirgani uçun» sanksiyaga duçor böldi, deyiladi bayonotda. 

Hujjatda qayd etilişiça, Viktor Yanukoviç 2010-2014 yillarda Ukraina prezidenti bölib, «rossiyaparast siyosat» olib borgan, hokimiyatdan çetlaştirilgaç esa Rossiyaga köçib ötgan u yerdan «Ukrainani beqarorlaştirişga qaratilgan faoliyatini davom ettirgan». Aleksandr Yanukoviç, YeI ma’lumotlariga köra, Kiyev nazorati ostida bölmagan Donbass hududida tijorat faoliyatini, xususan, energetika, kömir, quriliş, bank va köçmas mulk sohalarida olib boradi hamda «rusparast ayirmaçilar bilan yaqin aloqalarga ega». 

Avvalroq Yanukoviç va uning öğli Ukraina davlat mablağlarini özlaştiriş va talon-toroj qiliş ayblovlari böyiça YeI sanksiyalar röyxatiga kiritilgan edi.