Davlat test markazi direktori Majid Karimov bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev bilan suhbatda OTMlarga öqişga kiriş böyiça har yilgi imtihonlarda testdan boşqa formatlarni ham qöllaş rejasi borligi haqida gapirdi.
Karimovga köra, test – katta sonli abituriyentlarni baholaşning asosiy usullaridan hisoblanadi.
“DTM tomonidan 2 yil oldin milliy sertifikat tizimini joriy etiş işlari boşlangan. Boşida bu tizim sal şoşilib yaratilgani uçun, hozirda kamçiliklarini bartaraf etiş jarayoni ketyapti. Xudo xohlasa, yilning oxirida şu tizimni qayta yölga qöyamiz. Xuddi CEFR'ga öxşab, bunda ham amaliy, nazariy, nostandart körinişlari böladi. Bu böyiça işlar qilinyapti, buni tizimli ravişda olib boramiz.
Şu bilan birga, ayni vaqt juda katta me’yoriy hujjat tayyorlanmoqda, muhokamadan ham ötdi, ya’ni unifikatsiya masalasini joriy etiş böyiça. Bu yaqin örtada, masalan, 2023/24 öquv yilidan ham bölişi mumkin”, – dedi DTM rahbari.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda maktab bitiruvçilarining yakuniy attestatsiya imtihonlarini davlat oliygohlariga kiriş imtihonlari bilan unifikatsiya qiliş rejalaştirilmoqda.
Davlat test markazi bu haqdagi qaror loyihasini 2020 yilda jamoat muhokamasiga qöygan edi. Loyihada bu amaliyot 2021 yilda ayrim hududlarda sinovdan ötkazilişi közda tutilgandi.
Bu orqali maktab bitiruvçilarining 2-3 oy içida ikki marta imtihon topşirişiga çek qöyiş közda tutilgan. Natijada bolalardagi ortiqça stress kamayişi, 9-sinfni bitirgandan keyingi yakuniy imtihonlar sifati ham oşişi kutilyapti.
Ötgan oyda muhokamaga qöyilgan qaror loyihasiga köra, 2024/2025 öquv yilidan boşlab maktab bitiruvçilarining yakuniy davlat attestatsiyasini DTM ötkazişi mumkin. Test natijalari böyiça bitiruvçilarga












