Prezidentning “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish va yagona imtihonni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

2021-2022 o‘quv yilida tajriba sinov tariqasida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan hududdagi umumiy o‘rta maktab va akademik litsey, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab barcha umumiy o‘rta maktab, akademik litsey va qabuli 9-sinf negizi asosida amalga oshiriladigan kasb-hunar maktabi (umumta’lim muassasalari) bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari unifikatsiya qilinib, yagona test sinovlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

Belgilab qo‘yilishicha:

  • umumta’lim muassasalarining joriy yil bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyasi imtihoni sifatida uchta fan — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi (majburiy fanlar) fanlaridan test sinovlarini topshiradi;
  • majburiy fanlar bo‘yicha test sinovi natijalari umumta’lim muassasasi bitiruvchilarining umumiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjati (shahodatnoma, diplomi)ga qo‘yiladi;
  • oliy ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan umumta’lim muassasalari bitiruvchilari shaxsiy tanloviga ko‘ra, ixtiyoriylik asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlardan test sinovlarini topshiradi;
  • 2022 yildan boshlab, avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatganlar belgilangan muddatlarda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar va majburiy fanlardan test sinovlarini topshiradi;
  • test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (Davlat test markazi) tomonidan amalga oshiriladi;
  • test sinovlari natijalari (fan bo‘yicha to‘g‘ri javoblar soni) o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
  • test sinovlari natijalari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan tanlovda baholash mezonlariga muvofiq inobatga olinadi;
  • oliy ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan umumta’lim muassasalari bitiruvchilari va avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatganlarga (abituriyentlar) test sinovi topshirgan mos o‘quv tili va fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovlarda ishtirok etish huquqi beriladi;