East-fruit’ning yozişiça, Özbekistonda köplab yirik boğdorçilik loyihalari «noldan» amalga oşirilmoqda. Şu bilan birga, köpinça qişloq xöjaligida ilgari foydalanilmagan va suğoriş tizimlari mavjud bölmagan yerlar özlaştiriladi. Şuning uçun tadbirkorlar, odatda, boğlarni suğorişni ta’minlaş uçun 200 metr va undan ortiq çuqurlikdagi quduqlarni burğilaydi. Hatto bunday çuqurlikda ham suv köpinça örtaça sifatga va yuqori tuz tarkibiga ega böladi, bu uni filtrlaş uçun katta xarajatlar talab qiladi.
Bu yil Özbekistonda yoz faslidagi ob-havo anomal böldi. Ayrim hududlarda iyul oyida havo harorati uzoq vaqt davomida 45 daraja va undan yuqorida saqlanib qoldi.
«Özbekistonda artezian suvlarining «oltin zaxirasi»dan köp foydalaniş jiddiy taşviş uyğotmoqda, çunki buning oqibatida içimlik suvi tanqisligi yuzaga kelişi xavfi mavjud. Fermerlarning özi quduqlar oqimi pasayişni boşlaganini tan olyapti, yaqinda esa matbuotda rasmiy manbalarga tayanib yetti viloyatda yerosti suvlari sathi 5 metrga pasaygani haqida xabar paydo böldi. Bu meva-sabzavot sanoati uçun juda yoqimsiz tendensiya va tahdidli vaziyatdan darak beradi», dedi BMT Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) investitsiya departamenti iqtisodçisi Andriy Yarmak.
Mutaxassisning fikriça, bu yaqin yillarda Özbekistonda meva-sabzavot yetiştirişning ösiş sur’atlari sekinlaşişi yoki hatto kamayişiga olib kelişi mumkin.
«Ta’kidlaşni istardimki, Özbekistonda, şubhasiz, suvdan foydalaniş samaradorligini oşiriş böyiça hali ham yaxşi zaxiralar mavjud, çunki bu yerda eng kam samarali va eng qadimgi ma’lum bölgan suğoriş usuli ommaviy ravişda qöllanilmoqda. Şu bilan birga, Özbekiston dehqonlari suğoriş tizimini örnatib qöygan bölsalar-da, suv tekin ekanini ta’kidlab, boğda eski usulda suvdan foydalanişini ba’zan körganman. Şubhasiz, agar suv «tekin» bölişda davom etsa, unga bölgan munosabat unçalik tejamkor bölmaydi», - deydi FAO iqtisodçisi.
Şu nuqtayi nazardan, suvdan samarali foydalaniş texnologiyalari, boğdorçilikni iqlim özgarişiga moslaştiriş yaqin yillarda mintaqa davlatlari qatori Özbekiston boğbonlarining ham diqqat markazida bölişi aniq.
«Aytgança, suv narxining kötarilişi özbekistonlik fermerlarga mahsulot sifatiga e’tibor qaratişga yordam beradi, bu esa uning qiymati va narxini oşirişda muhim ahamiyatga ega. Yuqori sifatli mahsulotlar yuqori narxlarga ega bölgan talabçan bozorlarga çiqiş imkonini beradi va dunyodagi eng beqaror hamda başorat qilinadigan bozorga, ya’ni Rossiya bozoriga eksportga qaramlikni kamaytiradi. Hozirça, afsuski, özbek mahsulotlarining asosiy afzalligi uning arzonligi, ammo bu juda nozik afzallik, çunki Özbekiston bozorlardan juda uzoqda joylaşgan, demak, transport tuşumning asosiy qismini «yeb» qöyadi, fermerga esa tiyinlar qoladi. Bu esa soha rivojiga hissa qöşmaydi», — deya xulosa qildi Andriy Yarmak.












