Öqişni (içki) köçiriş böyiça rad etilgan arizalarni tahrirlaş imkoniyati berildi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar qilmoqda.

Kuni keça xorijiy va nodavlat oliy ta’lim taşkilotlaridan hamda respublika davlat oliygohlari örtasida öqişni köçiriş böyiça arizalar qabuli yakunlandi.

Arizalarni körib çiqiş natijasiga asosan köplab murojaatlar tegişli hujjatlar töliq yuklanmagani, söralgan hujjat örniga boşqasi kiritilgani, turdoş bölmagan yönaliş belgilangani hamda yana boşqa sabablarga köra rad etilgan.

Şuni inobatga olib, 10 avgustgaça transfer.edu.uz tizimidan respublika davlat OTM aro öqişni köçiriş böyiça ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga arizalarni qayta tahrirlaş imkoniyati yaratildi.