Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston - Qozog‘iston chegarasi demarkatsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishildi
O‘zbekiston - Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Foto: KUN.UZ
25 iyul – 5 avgust kunlari Olmaota shahrida O‘zbekiston - Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasidagi O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalari navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Muzokaralarda O‘zbekiston - Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnoma loyihasi matni bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Qayd etilishicha, chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalari jamlanmasini shakllantirish yakunlandi.
Navbatdagi uchrashuv diplomatik kanallar orqali kelishilgan sanada O‘zbekistonda tashkil etiladi.
Mavzuga oid
12:39 / 23.05.2026
Qozog‘istonda maktab bitiruv kechalarini restoran va kafelarda o‘tkazish taqiqlandi
22:20 / 22.05.2026
Qozog‘istonda taniqli bloger ayol plastik operatsiyadan so‘ng vafot etdi
21:18 / 19.05.2026
To‘qayev Qozog‘istonni Oltin O‘rda vorisi deb e’lon qildi
17:59 / 16.05.2026