E’londa aytilişiça, tanlovda iştirok etuvçi startap loyihalar taşabbuskorlaridan arizalar joriy yilning 31 iyulidan 1 oktyabriga qadar qabul qilinadi.

Startap loyihasi taşabbuskori loyiha ta’sisçilaridan biri (kompaniya bölsa, asosiy aksiyadorlardan biri) bölişi kerak. Loyiha taşabbuskori (bitta iştirokçi) bitta loyiha bilan iştirok etişi mumkin.

Tanlovda barça yönalişlar böyiça keng kölamli startap loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşirişga qaratilgan arizalar qabul qilinadi. Ular özlarining innovatsiyalari va texnologiyalariga asoslangan bölişi kerak.

Avvalroq Özbekistonda Davra.uz milliy ijtimoiy tarmoği işga tuşirilgan va UzChat messenjeri işlab çiqilgan edi. Biroq ular özbekistonliklar orasida maşhurlikka erişmadi.

2011 yilda Muloqot.uz ijtimoiy tarmoği işga tuşirilgan bölsa, 2018 yil iyun oyida işlaşni töxtatdi.