Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bölinmasi (RFA SB) S.A.Xristianoviç nomidagi Nazariy va amaliy mexanika instituti (NAMI) direktori Aleksandr Şiplyuk davlatga xiyonatda ayblanib, Novosibirskda hibsga olindi. Bu haqda 5 avgust, juma kuni Rossiyaning qator axborot agentliklari xabar berdi.
«Institutda tezkor tadbirlar ötkazildi. Ular bizning direktorimiz Aleksandr Nikolayeviç Şiplyuk bilan boğliq. U hibsga olindi. Unga Maslov (ilgari hibsga olingan institut boş ilmiy xodimi Anatoliy Maslov) bilan bir xil ayblovlar qöyilgan. Davlatga xiyonat», deya institut ilmiy direktori Vasiliy Fominning sözlaridan iqtibos keltirmoqda TASS. Unga köra, Şiplyuk Moskvadagi «Lefortovo» tergov izolyatoriga olib ketilgan.
Aleksandr Şiplyuk - taniqli rossiyalik olim, RFA muxbir a’zosi, yuqori tezlikdagi aerogazodinamika va gaz oqimlarini örganişning eksperimental usullari sohasidagi yirik mutaxassis, deyiladi uning institut saytidagi tarjimai holida.
RFA SB NAMIda Şiplyuk «Gipertovuşli texnologiyalar» laboratoriyasini boşqargan hamda direktorning ilmiy işlar böyiça örinbosari bölgan. Institut saytidagi ma’lumotga köra, Şiplyukning asosiy ilmiy izlanişlari «aerofizik tadqiqotlarning eksperimental bazasi va usullarini işlab çiqiş», yuqori parvoz tezligida tölqin jarayonlarini örganiş, «gipertovuşli uçar qurilmalarining eksperimental aerotermodinamikasi» bilan boğliq.
Şiplyuk sönggi bir yarim oy içida «davlatga xiyonat» moddasi böyiça hibsga olingani ma’lum bölgan uçinçi olimdir. 27 iyun kuni davlatga xiyonatda gumon qilinib, şu institutning boş ilmiy xodimi Anatoliy Maslov hibsga olindi va «Lefortovo» tergov izolyatoriga joylaştirildi. Maslov gipertovuş bilan boğliq va davlat siri hisoblangan ma’lumotlarni berib yuborganlikda gumonlanmoqda, deb yozdi TASS özini oşkor etmagan suhbatdoşiga tayanib.
Şiplyukning hibsga olinişi haqida gapirgan Fomin, Maslov işi böyiça «Moskovskiy komsomolets» gazetasiga izoh berar ekan, institut xodimlari Rossiya hukumati körsatmasi bilan «çet ellik hamkasblari bilan hamkorlik qilişga majbur bölganini» aytdi. «Xususan, Maslov Amerikaning «Boing»i bilan, xitoyliklar va nemislar bilan işlagan. Endi esa olimlar aybdor bölib qolyapti», - deydi Fomin.
30 iyun kuni Novosibirskda RFA SB Lazer fizikasi instituti (LFI) ilmiy xodimi Dmitriy Kolker hibsga olindi. Olimga oşqozon osti bezi saratonining törtinçi bosqiçi taşxisi qöyilgan. Taşxisga qaramay, u xususiy klinikadan Moskvaga, «Lefortovo» tergov izolyatoriga ötkazildi. Kolker uç kundan keyin tergov izolyatorida vafot etdi. OAV xabarlariga köra, Maslov ham, Kolker ham Xitoyga maxfiy ma’lumotlarni taqdim etganlikda gumonlangan.












