Toşkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev farmoyişi bilan 2022 yil 5 avgustda viloyat markazida «Yangi Özbekiston» boği qurilmoqda. Nurafşon şahrida barpo etilişi rejalaştirilayotgan boğ qurilişiga 10 mlrd söm mablağ ajratiladi.
Farmoyişga köra, bu mablağ viloyat mahalliy budjetining 2022 yil II çoragi yakuni bilan şakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan ajratilmoqda. Quriliş viloyat markazida olib borilayotgan bunyodkorlik işlari doirasida amalga oşiriladi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bağişlab qurilgan «Yangi Özbekiston» boği 2021 yil avgust oyida oçilgan.
2021 yilning oxirida Toşkent viloyati sobiq hokimi Davron Hidoyatovning Nurafşon şahrida Zulfiya Zokirova şarafiga haykal majmuasini quriş uçun 28,4 milliard söm hamda zamonaviy kutubxona binosini quriş uçun 6 milliard söm mablağ ajratiş böyiça farmoyişi muhokamalarga sabab bölgan, köpçilik faollari maqsad Zulfiya Zokirovaga ehtirom körsatiş bölsa, uning nomiga maktab qurişni taklif qilgandi.
Tanqid va e’tirozlarga qaramay, hokimlik haykal quriş loyihasi bekor qilinmagan, balki keçiktirilganini ma’lum qilgandi.












