Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) Turkiyaning «Fenerbahçe» klubini «Dinamo» Kiyevga qarşi öyin vaqtida muxlislar maydonga buyumlar uloqtirgani va «provokatsion, haqoratomuz xabarlar» hayqirgani uçun 50 ming yevro jarimaga tortdi, deb xabar bermoqda UYeFA sayti 5 avgust, juma kuni.
Qaror 27 iyul kuni Istanbulda bölib ötgan Çempionlar ligasi 2-saralaş bosqiçi doirasidagi «Fenerbahçe» – «Dinamo» Kiyev uçraşuvidan söng boşlangan intizomiy tekşiruv natijasiga köra qabul qilindi. Öşanda turk jamoasi muxlislari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ismi va familiyasini aytib, bir neça bor hayqirişdi. Bu Ukraina jamoasi uçraşuvda hisobni oçganidan keyin sodir böldi.
UYeFA intizomiy tekşiruvdan söng «Fenerbahçe»ga rasmiy ogohlantiriş berib, jamoani jarimaga tortiş va UYeFA şafeligidagi navbatdagi öyin uçun turk klubi uy stadioni tribunalarini qisman yopişga qaror qildi. Bundan taşqari, jamoaga ikki yillik sinov muddati tayinlangan.
Öyinning ertasiga «Fenerbahçe» rahbariyati öz muxlislari xatti-harakatlarini qoralab, «sport siyosatdan taşqarida» degan tamoyilga amal qilişini bildirdi. «Nima bölişidan qat’iy nazar, biz öz tribunamizdan bunday munosabatni olqişlamaymiz. Bu bizning klubimiz qadriyatlari va pozitsiyasini aks ettirmaydi, ularni barça muxlislarimizga boğlaş va klubimiz zimmasiga mas’uliyat yuklaş adolatdan bölmaydi», deyiladi «Fenerbahçe» bayonotida.
«Dinamo» boş murabbiyi Mirça Luçesku öyindan keyingi matbuot anjumanida iştirok etişdan boş tortdi. «Öyin davomida butun e’tiborimni jamoa öyiniga qaratgandim, heç narsa eşitmadim. Juda xavotirda edim va heç narsa eşitmadim. Lekin, tuşunişimça, bu hayqiriq boş murabbiy Mirça Luçeskuning e’tiborini tortdi, u matbuot anjumaniga bormadi», - deya izoh berdi «Dinamo» prezidenti Igor Surkis.












