Holand APLda gollari hisobini oçdi: u haqda biliş kerak bölgan hamma narsa
|19:21 / 08.08.202211 51610 min
«Mançester Siti» hujumçisi Erling Holand Superkubok uçun «Liverpul»ga qarşi ötkazilgan bahsda köngilni biroz xira qilgandi. Ammo Angliya Premer-Ligasidagi debyut öyinida 2 ta gol urib, «şaharliklar»ga ğalaba keltirdi va şubhalarni tarqatib yubordi. Uning hayoti va faoliyatiga oid qiziqarli faktlar bilan tanişib olişning ayni vaqti.
Sönggi mavsumlarda Erling Holand dunyo futbol hamjamiyatining diqqat markazida turibdi. Norvegiyalik superyulduz futboldagi eng qiziq qahramonlardan biridir. Ösmirlik davrida sahnaga çiqqanidan beri u rekordlarni yangiladi, darvozabonlarni uyaltirdi va xuddi Kilian Mbappe kabi özini Lionel Messi va Kriştianu Ronalduning merosxöri sifatida körsatmoqda.
Holand nafaqat «gol maşinasi», balki ğalati va qiziqarli şaxsdir. U Premer-Ligada gol ura boşladi. GOAL naşri esa uning hayotiga oid qiziqarli faktlarni jamladi.
Lidsda tuğilgan – Angliya milliy jamoasida öynaşi mumkin edi
Ingliz futbolidan juda yaxşi xabardor bölganlar biladiki, Erlingning otasi Alf-Inge ham futbolçi bölgan va Premer-Ligada öynagan.
U «Mançester Yunayted» yarimhimoyaçisi Roy Kin bilan boğliq voqealar tufayli maşhur. Alfi 1997 yilda «Lids» tarkibida öynaganida Roy Kin bilan töqnaşib, unga oğir jarohat yetkazgan. Oqibatda Kin bir yil davolanişga majbur bölgan. 2001 yilda esa «Mançester Siti» tarkibida öynaganida Kin unga qarşi qöpol öynab, jarohatlagan. Angliya matbuoti Kin undan qasos oliş uçun ataylab qöpollik qilganini yozgan. 2003 yilda Alfi futbolçilik faoliyatini yakunlagan. Bunga aynan Kin tomonidan yetkazilgan jarohat sabab bölgani haqida miş-mişlar bor. Ammo Alfi buni har doim rad qilib keladi.
Alfi faoliyati davomida «Nottinghem Forest», «Lids Yunayted» va «Mançester Siti» kabi klublarda öynagan. Aynan Lidsda uning öğli Erling dunyoga keladi.
Ammo Erling heç qaçon Angliya milliy jamoasi tarkibida öynaş haqida öylamagan va ikkilanmasdan Norvegiya milliy jamoasini tanlagan.
«Siti»ning muxlisi sifatida tarbiyalandi
Mavzuga oid
Lidsda tuğilgan bölişiga qaramay, Holand bolaligidan otasi töp tepgan «Mançester Siti» klubi işqibozi hisoblanadi.
Odatda futbolçilar qaysidir klub bilan şartnoma imzolasalar, odob nuqtayi nazaridan yoşligidan uning işqibozi bölganini aytişadi. Erling «Siti» bilan şartnoma imzolaganida ham bu gaplarni aytdi, ammo bu ayni haqiqat edi.
«Men Angliyada tuğilganman. Men butun umr «Siti»ga muxlislik qilganman. Men klub haqida köp narsani bilaman. Şartnomani imzolaş qarorim ikkita narsaga boğliq edi: bu yerda özimni uydagidek his qilaman va «Siti»da özimni rivojlantirib, imkoniyatimdan maksimal darajada foydalana olişimga işonaman».
U sportçilar oilasida ulğaydi
Holandning nafaqat otasi, balki onasi ham sportçi bölgan, ha u çinakam sportçilar oilasida ulğaydi. Onasi Gryu Marita Bryout geptatlon böyiça Norvegiya çempioni edi.
Jahon rekordçisi
Qiziği şundaki, Erling yoşligida futbolda emas, balki yengil ateltikada nom qozonişga erişdi. U murabbiy Andre Ostgard qöl ostida sportning uşbu turi bilan şuğullangan.
5 yaşarligida bolalar örtasidagi musobaqada qatnaşib, turgan joyda uzoqqa sakraş böyiça jahon rekordini örnatgan - 1,63 metr!
U boşqa sport turini tanlaşiga sal qolgandi
Otasining sözlariga köra, Erling nafaqat yengil atletikada, balki boşqa sport turlarida ham özini körsata olgan.
«Futboldan oldin boşqa sport turlariga qiziqar edi. Biz uni yengil atletikaga olib bordik. Erling 14 yoşigaça handbol, yengil atletika va çanği sporti bilan şuğullandi. Norvegiya milliy jamoasi boş murabbiyi uning handbol bilan şuğullanişini xohlagandi», - deydi u.
Yaxşiyamki, u futbolni tanladi
Katta futbolga qadam bosişi uçun Holandga köp vaqt kerak bölmadi.
16 yoşli Erling «Bryun» klubining ösmirlar jamoasi tarkibida 14 ta öyinda 18 ta gol urgaç, öz yoş toifasidagi Norvegiya milliy jamoasidan çaqiruv oldi.
Never has the #U20WC seen a hat-trick of hat-tricks in one game
⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️⚽️
Holand birinçi marta dunyo naşrlari sarlavhasiga 2019 yilda, 20 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi jahon çempionatida Hondurasni «qiliçdan ötkazganida» tuşdi.
Norvegiya guruhdagi sönggi öyinda 12:0 hisobida ğalaba qozondi, Erling esa 9 ta gol urdi.
Qiziği şundaki, Norvegiya milliy jamoasi öşanda guruhdan çiqa olmaydi. Erling esa barça gollarini faqat bitta öyinda urib, yakunda jahon çempionatinig eng yaxşi töpurari sifatida «Oltin butsa»ni qölga kiritadi.
Çempionlar ligasi rekordçisi
Norvegiyada «Bryun» va «Molde» klublarida ajoyib taassurot qoldirganidan söng, Holand 2019 yil yanvar oyida Avstriyaning «RB Zalsburg» klubiga köçib ötdi.
Çempionlar Ligasidagi ilk öyinida «Genk» (4:2) darvozasiga uçta töp yölladi. Natijada uşbu musobaqadagi debyut öyinidayoq het-trik qayd etgan öninçi futbolçi böldi.
Holand bu bilan töxtatmadi va Çempionlar Ligasidagi dastlabki 5 ta öyinning barçasida raqiblar davrozasini işğol qildi. Bunday natijaga tarixda faqat 4 futbolçi erişgan xolos.
Uyqudagi ğalati odatlari
Holand «RB Zalsburg» tarkibida het-triklarni qalaştirib taşladi. An’anaga köra, futbolçilar het-trik qayd etilgan öyinlardagi töpni esdalik uçun olib ketişadi. Erlingda ulardan ança-munçasi töplanib qolgan.
«Ularni yotoqxonamga qöyaman, bu yaxşi uxlaşimga sabab böladi», deydi Holand. «Ularga har kuni tikilib yotaman. Gol uriş maroqli. «RB Zalsburg»dan 5 ta töpim bor. Ular mening döstlarim».
Bu Holand tan olgan yagona ğalati odat emas. 2021 yildan boşlab, u Çempionlar Ligasi madhiyasidan budilnik qönğiroği sifatida foydalanişni boşlagan.
«Bu mening qönğiroğim. Har kuni uşbu madhiya sadolari ostida uyğonaman, undan bezib ketmaganman. Şu sababli, kunim har doim quvnoq boşlanadi».
Michu's 2012/13 season by numbers for Swansea:
❍ 43 games
❍ 22 goals
❍ League Cup
❍ Player of the Year
Pele, Maradona, Messi yoki Ronaldu emas. Yoşligida u ispaniyalik hujumçi Migel Peres Kuesta yoki «Michu» işqibozi bölgan. Unçalik maşhur bölmagan futbolçi 2012-2015 yillarda «Suonsi» tarkibida 52 ta öyinda maydonga tuşib, 20 ta gol urgandi.
Dortmunddagi aqlbovar qilmas debyuti
«RB Zalsburg» bilan Yevropani lol qoldirgaç, Holand köplab top-klublar taklifini rad etib, 2020 yil yanvarida Dortmundning «Borussiya» klubiga ötdi.
Butun dunyo nigohi uning debyutiga qaratildi, ammo soğliğidagi muammolar tufayli öyinni zaxira örindiğida boşladi. «Augsburg»ga qarşi öyinda jamoasining 1:3 hisobida yutqazayotganini tomoşa qilib ötirdi. Söngra maydonga tuşdi. Keyin nima voqea yuz berganini ertakka öxşatiş mumkin: 23 daqiqa içida het-trik!
Eng noyob mukofoti
Holand 2020 yil qişda Bundesligada debyut qilib, yanvar oyida 2 ta öyinda jami 59 daqiqa öynadi. «Augsburg» va «Kyoln»ga qarşi öyinlarda zaxiradan maydonga tuşirildi va 5 ta gol urdi. Yakunda «oyning eng yaxşi futbolçisi» sovrinini qölga kiritdi.
Uning raqamlari hayratga soladi
Holandning Dortmunddagi faoliyati yaşin tezligida boşlandi. Bu esa keyingi öyinlari uçun tezlanişni bergan bölsa ajab emas. U mavsumning birinçi yarmini 18 öyinda urilgan 16 ta gol bilan yakunladi. Ikkinçi mavsumida 27 marta, keyingisida 22 marta darvozabonlarni doğda qoldirdi.
Uning «Siti»ga ötişi tasdiqlanganida, Bundesliga rekordlari soni köp edi:
- 25 ta gol marrasiga eng tez yetib olgan futbolçi;
- 50 ta gol marrasiga eng tez yetib olgan futbolçi;
- 50 ta gol urgan eng yaxşi yoş futbolçi;
- «Borussiya» tarkibida Bundesliga, Çempionlar Ligasi va Germaniya Kubogidagi debyutida gol urgan birinçi futbolçi;
- Bir öyinda törtta gol urgan eng yoş futbolçi;
- Dastlabki ikki öyinda beşta gol urgan birinçi futbolçi;
- Maydonda ötkazilgan daqiqalar va gollar nisbatiga köra Bundesliga tarixidagi eng yaxşi futbolçi.