Çernihivning Desnyanskiy rayon sudi Kulikovni uruş urf-odatlari va qonunlarini buzişda ayblangan.
Kulikov ustidan sud jarayoni Çernihivda 24 iyun kuni boşlangandi. Birinçi sud majlisida u amalda aybiga iqror bölgandi. 4 avgust kuni prokuror suddan rossiyalikni 10,5 yillik koloniyaga jönatişni söragandi.
Ayblov tomoni versiyasiga köra, 26 fevral kuni 31 yoşli Kulikov öz komandiri buyruğiga köra T-72B tankidan Çernihiv atrofidagi köp qavatli turar joyga öq uzgan. Zarba natijasida kvartiralar vayron bölgan, ammo qurbonlar qayd etilmagan. Öşa kuni ukrain harbiylari Kulikovni asir olişgan.

Kulikovning tasdiqlaşiça, Şçetkin familiyali komandir unga köp qavatli uydagi kvartiralardan birida tankka qarşi granatomyot (RPG) borligini aytgan, şundan keyin u tank minorasini burgan va öt oçgan. Kulikov sudda turar joyga qarata öq uzayotganini anglab harakat qilganini tasdiqlagan.
«Barçasi tez bölib ketdi, avtomatizm bilan. Qörquv içida. Özim uçun ham, ekipaj uçun ham qörqqandim. Mana şunday qilib öq uzdim», deya tankçining sözlarini keltirgan «Ґrati» naşri.
Şuningdek, Kulikov qilgan işidan puşaymonligini aytib, jabrlangan kvartiralar egalari hamda Ukraina xalqidan uzr söragan.
«Ukraina aholisidan bu yerga bostirib kelganim uçun keçirim sörayman, bu biz tomonimizdan notöğri iş edi. Öt oçganim uçun ham uzr sörayman - men bu işni qilganimdan juda ham afsusdaman. Men undan keyin bunday buyruqlarni bajarmagan bölardim, çunki ular jinoyat hisoblanadi», degan u.
Rossiya mudofaa vazirligi köp marta zarbalar faqat harbiy obektlar va infratuzilmalarga yöllanayotganini ma’lum qilgan. Sud boşlangan mahalga kelib asirlar almaşinuvi doirasida Rossiyaga qaytgan mayor Şçetkin bloger Yuriy Zolkinga bergan intervyusida uning tanki odamlar va aholi yaşaş joylariga qarata öt oçganini rad etgandi.
Kulikov - Oltoy ölkasining Aleysk şahridan. U şartnoma asosida Rossiya qurolli kuçlarining 41-umumqöşin armiyasi tarkibida yönaltiruvçi operator sifatida xizmat qilgan.
May oyi oxirida Ukrainada 21 yoşli rossiyalik harbiy Vadim Şişimarin sud qilingandi. Sumi oblastida tinç aholi vakilini öldirgan Şişimaringa sud tomonidan umrbod qamoq jazosi tayinlangandi. 29 iyul kuni apellyatsiya sudi bu jazoni 15 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosiga almaştirdi.













