Yevroittifoq Belarus xalqini qöllab-quvvatlaşda davom etadi va Aleksandr Lukaşenkoning hokimiyatini qonuniy deb hisoblamaydi, dedi YeI taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Belarusda 2020 yil 9 avgust kungi prezident saylovlaridan keyin boşlangan norozilik namoyişlarining ikki yilligi munosabati bilan. 

«Biz Belarus xalqining demokratik intilişlarini qat’iy qöllab-quvvatlaşimizni yana bir bor tasdiqlaymiz. Aleksandr Lukaşenkoning hokimiyati demokratik qonuniylikka ega emasligini yana bir bor ta’kidlaymiz», - deyiladi 8 avgust, duşanba kuni e’lon qilingan bayonotda. 

Borrell Minskdagi rejim tomonidan belaruslarga qarşi boşlangan ommaviy repressiyalarni esladi. Hozir mamlakatda 1200 dan ortiq siyosiy mahbus bor va bu raqam kundan-kunga oşib bormoqda, dedi u. Demokratik muxolifatning köplab vakillari mamlakatdan ketişga majbur böldi, faollar esa qörqitildi, jumladan, ölim jazosi bilan tahdid qilindi, tinç aholiga nisbatan zöravonlikda aybdorlar esa hali sudga tortilmadi, deya qöşimça qildi Borrel. 

«Biz Belarusda zöravonlik qöllaganlikda aybdor şaxslarni javobgarlikka tortiş böyiça xalqaro sa’y-harakatlarni qöllab-quvvatlaşda davom etamiz, bunda inson huquqlari buzilişiga oid dalillarni töplaş va saqlaş hisobga olinadi. Biz Lukaşenko rejimi qurbonlarini ham, uning ötmişdagi va hozirgi jinoyatlarini ham unutmaymiz», dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari.

U, şuningdek, Minskdagi rejimning Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşidagi rolini qoraladi. «Rossiya Ukrainaga qarşi asossiz bosqinçilik uruşini boşlaganida, Lukaşenko rejimi Belarus xalqining mutlaq köpçiligi irodasiga qarşi Putinning şerigiga aylanib, RFga Belarus hududidan Ukrainaga bostirib kiriş, raketalarni uçiriş uçun foydalanişga ruxsat berdi, Moskvaga töliq siyosiy va moddiy-texnik yordam körsatdi. Endi rejim uruşga qarşi çiqqan belaruslarni ta’qib qilmoqda», - dedi Borrel. 

U Minskni Rossiya bilan uruş böyiça hamkorlikni töxtatişga, şuningdek, «zudlik bilan va sözsiz barça siyosiy mahbuslarni ozod qiliş va reabilitatsiya qilişga hamda repressiyalarni bas qilişga» çaqirdi. 

«Belarus xalqini qöllab-quvvatlaş böyiça qat’iyligimiz özgarişsiz qoladi. 2020 yilning avgust oyidan boşlab YeI Belarus xalqini qöllab-quvvatlaş uçun qariyb 65 mln yevro ajratdi. Belarusda demokratik ötiş amalga oşişi bilanoq 3 mlrd yevrolik keng qamrovli iqtisodiy qöllab-quvvatlaş rejamizni safarbar qilişga tayyormiz», - dedi YeI oliy vakili.