AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp Federal qidiruv byurosi (FQB) uning Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida tintuv ötkazganini ma’lum qildi. «Bizning millatimiz uçun qoronği vaqtlar keldi. Mening gözal uyim, Floridadagi Palm-Biçda joylaşgan Mar-a-Lago hozirda FQB xodimlarining katta guruhi tomonidan qamalda», deyiladi Trampning 8 avgust, duşanba kuni öz Truth Social ijtimoiy tarmoğida e’lon qilgan bayonotida.
Trampning sözlariga köra, tintuvlar çoğida FQB agentlari uning seyfini buzişgan. «Bu huquq-tartibot organlarining notöğri xatti-harakati, sud tizimini qurolga aylantiriş va 2024 yilda prezidentlikka nomzod bölişimni istamaydigan öta söl demokratlarning hujumi», dedi u.
FQB sobiq prezidentning uyida tintuvlar ötkazilganmi, degan savolga javob berişdan boş tortdi va tintuvning ehtimoliy sabablariga izoh bermadi. Biroq, Amerika OAV tergovga yaqin manbalarga tayanib, sud tomonidan ruxsat etilgan tintuvga Tramp Oq uyni tark etganda özi bilan olib ketgan maxfiy hujjatlar sabab bölişi mumkinligini bildirdi. U ularni Milliy arxivga topşirişi kerak edi.
Fevral oyida Milliy arxiv Trampning Mar-a-Lagodagi qarorgohidan 15 quti hujjatlarni musodara qilganini tasdiqladi. Ular orasida Trampning Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In bilan rasmiy yozişmalari, şuningdek, Trampdan avvalgi prezident Barak Obamaning Oval kabinetda qoldirgan maktubi bor edi.
Qonunga köra, prezidentlik muddati tugaganidan keyin uning hujjatlari Milliy arxivga topşirilişi kerak. Hujjatli qutilarning qaytarilişi Trampning Prezidentlik yozuvlari töğrisidagi qonunga amal qilişi böyiça savollar tuğdirdi. Şundan söng Milliy arxiv Adliya vazirligidan sobiq prezidentning xatti-harakatlari yuzasidan tekşiruv boşlaşni talab qildi.












