Özbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov Mudofaa vazirligida mamlakatga rasmiy taşrif bilan kelgan Tojikiston mudofaa vaziri general-polkovnik Şerali Mirzo rahbarligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.

Uçraşuv davomida hamkorlik masalalari nafaqat siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalarda, balki mudofaa va xavfsizlik sohalarida ham misli körilmagan bosqiçlarga kötarilgani ta’kidlanib, mudofaa sohasidagi özbek-tojik munosabatlari holati, ularni kengaytiriş çoralari hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama etildi.

Muhokamalardan söng Tojikiston harbiy xizmatçilarini Özbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olişini taşkillaştiriş borasida qöşimça şartnoma imzolandi.

Şundan söng mehmonlar Özbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov hamrohligida Özbekiston mudofaasini boşqariş milliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanişdi.