Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner yuqori inflatsiya şaroitida aholini qöllab-quvvatlaş çoralari haqida e’lon qildi.

Jumladan, soliqning eng yuqori stavkasi solinadigan daromad miqdori çegarasini oşiriş közda tutilmoqda. Hozirda çegara 58 ming 597 yevroni taşkil etadi. 2023 yildan 61 ming 972 yevrodan va 2024 yildan 63 ming 515 yevrodan boşlangan daromadga eng yuqori stavkadagi soliq solinadi.

Moliya vazirligi soliqqa tortilmaydigan eng kam daromad miqdorini ham oşirmoqçi. Hozirda bu miqdor 10 ming 347 yevroni taşkil etadi. 

Şu bilan birga, farzandlar uçun tölanadigan nafaqa miqdori ham oşiriladi.

Lindnerning ta’kidlanişiça, mazkur çoralar 48 million nafarga yaqin aholiga yengillik beradi.