Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi fuqarolarni xorijiy davlatlar hududida köngilli batalonlar tuziş yoki harbiy harakatlarda qatnaşiş uçun jinoiy javobgarlik belgilanganidan ogohlantirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

“Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi vatandoşlarni xorijiy davlatlar hududida köngilli batalonlar tuziş va harbiy harakatlarda qatnaşiş uçun jinoiy javobgarlik belgilanganidan ogohlantiradi”, deyiladi elçixona saytida e’lon qilingan maxsus press-relizda.

Diplomatik missiya Özbekiston Jinoyat kodeksi 154-moddasiga (“yollaniş”) köra, özga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli töqnaşuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnaşiş uçun yollaniş jinoyat hisoblanişini ma’lum qildi. 

Uşbu harakatni sodir etganlik uçun ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş şaklida jazo belgilangan.

Elçixona Özbekiston fuqarolarini Özbekiston Jinoyat kodeksi yuqoridagi moddasi böyiça sodir etilgan noqonuniy qilmiş töğrisida xolis axborot mavjud bölgan barça şaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilişi haqida ogohlantirgan.

“Elçixona yurtdoşlarimizni provokatsiyalarga berilmaslikka, ehtiyotkorlik bilan iş körişga çaqiradi”, deyilgan xabarda.

Bundan oldin Migratsiya agentligi özbekistonliklardan ziddiyatli hududlarga bormaslikni söragandi.