Ma’lum bölişiça, şu yilning 4 iyul kuni Farğona viloyat Ekologiya boşqarmasiga Özbekiston tumani «Qirqketmon» MFY hududida manzarali daraxtlar kesilayotgani haqida xabar kelib tuşgan. Boşqarma xodimlari voqea joyiga yetib borganida tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari daraxtlarni kesişayotgani ustidan çiqişgan.
Örganişlar natijasida hududda 48 tup köp yillik sosna, 9 tup şumtol va 30 tupdan ortiq mevali daraxtlar ostidan kesilgani aniqlangan. Ösimlik dunyosiga yetkazilgan zarar esa 856 500 000 sömni taşkil qilgan.
Farğona viloyati «Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ ma’lumotiga köra, «Qirqketmon» MFY raisining 20 iyun kungi aloqa xatiga asosan, tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 2022 yil 4 iyul kuni 966-sonli naryad çiqarilgan. Murojaat asosida hududni elektr energiyasi bilan ta’minlovçi 10 kVli «Tutzor-1» elektr uzatiş tarmoği muhofaza zonasiga tegib turgan daraxt şoxlari tozalanişi belgilangan. Daraxt kesiş jarayonida mahalla raisi hamda hududda yaşovçi fuqarolar tomonidan noqulay ob-havo vaqtida mazkur tarmoqda avariyali uzilişlar bölayotgani, jumladan şamol vaqtida daraxtlar egilib, tarmoqqa tegişi natijasida yonğin kelib çiqqani, bu esa inson hayotiga xavf solişi mumkinligi ta’kidlangan.

Ma’lum bölişiça, 2016 yilda şu hududda yaşagan marhum M.M. daraxt şoxi sinib tuşişi oqibatida kuçlaniş ostiga (tokka) tuşib vafot etgan. Mahalla faollari tomonidan bunday holatlar qayta sodir bölmasligi uçun daraxtlarni ostidan kesib taşlaş söralgan.
Özbekiston TETK rahbari Jasur Meliyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda daraxt kesilişi holatini elektr liniyasi atrofidagi 10 metr bölgan muhofaza zonasini böşatiş bilan izohladi.
«Qirqketmon» MFY raisi daraxtlarni butab berişlarini sörab xat çiqargan edi. 2016 yilda fuqarolardan biri şu daraxtlar sabab vafot etgani uçun aholi taşvişda yaşagan. Çunki daraxt şoxlari tarmoqning simlari orasigaça kirib ketgan.

«Mahallada bolalar boğçasi joylaşgan. Yoğingarçilikda kuçlaniş yerga ötib ketsa, fuqarolar bilan biror kor-hol röy bersa, qarorlar ijrosi ta’minlanmagani uçun men aybdor bölaman. Bunday holatda ekologiya bir çetda qolib ketadi», — dedi TETK rahbari Jasur Meliyev.
J.Meliyev daraxtlarni kesişdan oldin Ekologiya boşqarmasini ogohlantirmaganini tan oldi.















