Zaporijjyada Rossiyaga qöşiliş böyiça referendum ötkazişmoqçi. Bu xuddi Qrimdagidek böladimi?
|17:01 / 10.08.202224 40210 min
Ukrainaning Zaporijjya oblasti janubidagi bosqinçi hokimiyat vakili «Rossiya tarkibiga kiriş» böyiça referendumga tayyorgarlik köriş töğrisidagi buyruqni imzolaganini e’lon qildi. Bu esa Kreml (sahnalaştirilgan referendumlar orqali) Donbassdan Ukraina janubi-ğarbiga qadar bufer «xalq respublikalari» zanjirini taşkil etiş ğoyasidan töliq voz keçayotgandek körinmoqda.
Rossiya işğol qilgan Melitopol. Foto: ALEXEY KONOVALOV/TASSRossiya işğol qilgan Melitopol. Foto: ALEXEY KONOVALOV/TASS
Yaqinda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy agar Rossiya bosib olingan hududlarda «soxta referendumlar» ötkazsa, Moskva va Kiyev örtasidagi muzokaralarni unutiş kerakligini aytgandi. Ertasi kuni Kreml kutilganidek javob qaytardi. Keyin esa Zaporijjya oblastining bosib olingan hududlarida rus armiyasi tomonidan taşkil etilgan ma’muriyat rahbari Yevgeniy Balitskiy bayonot berdi.
Zaporijjya janubi hozirda Rossiya bosqinçi kuçlari tomonidan nazorat qilinyapti. Zaporijjya AES ham şu yerda joylaşgan bölib, sönggi kunlarda uning hududi öqqa tutilmoqda va jang qilayotgan tomonlar bir-birini «yadro terrorizmi»da ayblamoqda. Bunday vaziyat ekspertlar va Xalqaro atom energetikasi agentligi rahbariyatini taşvişga solmoqda.
Harbiy ekspertlar fikriça, aynan şu yerda, Ukraina janubida uruşning keyingi bosqiçidagi asosiy voqealar yuz beradi.
«Ukraina tarkibidan abadiy çiqiş»?
Özini «Zaporijjya oblasti rahbari» deb e’lon qilgan Yevgeniy Balitskiy Melitopol şahrida (Rossiya nazorati ostidagi hudud) bölib ötgan «Biz Rossiya bilanmiz» forumida hududning Rossiya «tarkibiga kirişi» böyiça refrendum ötkaziş haqidagi farmoyişni imzoladi.
«Zaporijjya yerlari Ukraina tarkibini abadiy tark etadi. Hudud Rossiya bilan birlaşiş yölini belgilab oldi va ortga qaytiş bölmaydi», degan edi avvalroq bosqinçilar ma’muriyatida boş kengaş a’zosi lavozimini egallagan Volodimir Rogov.
Zaporijjya oblasti (Ukraina) ma’muriyati raisi Aleksandr Starux hozirça bu taşabbusga izoh bermadi.
Işğoldagi Zaporijjya oblasti ma’muriyati rahbari Yevgeniy Balitskiy allaqaçon hudud aholisiga Rossiya pasportlarini tarqatişni boşlagan.
ALEXEI KONOVALOV/TASS
23 iyul kunidan mintaqaning Rossiya nazorati ostidagi hududida referendum ötkaziş uçun saylov komissiyasini tuzişga kirişdilar. Buning uçun bosqinçi hokimiyat Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasidan yordam söramoqçi.
Rossiya rasmiylari referendum kuzda bölib ötişini ta’kidlamoqda, biroq aniq sana aytilmagan. Xerson oblasti va özini özi mustaqil deb e’lon qilgan «LXR» va «DXR»da ham «ovoz beriş»ga tayyorgarlik körilmoqda, biroq u yerda ham sana noma’lum.
Mavzuga oid
Ilgari Kremlda «referendumlar» kontekstida «xalq respublikalari» mustaqilligini tan oliş haqida gap ketgan. Aynan şunday iltimos bilan Donbassning ikki «respublikasi» rahbarlari Denis Puşilin va Leonid Paseçnik 21 fevral kuni Putinga murojaat qilişgandi. Ikkalasi ham Putindan suverenitet va mustaqillikni tan olişni hamda «LXR» va «DXR» bilan Rossiya örtasida döstlik va hamkorlik töğrisida şartnoma tuziş imkoniyatini körib çiqişni söragandi.
Zaporijjya oblasti misolida esa «referendum» taşkilotçilarining sözlariga qaraganda, mintaqaning Rossiyaga qöşilişi haqida gap ketmoqda. Hudud markazi Zaporijjya şahri va mintaqaning katta qismi hamon Ukraina qöl ostida ekani hisobga olinsa, bosqinçilar bu jarayonni qanday taşkil etişi hozirça noaniq.
«Qrimning noyob tajribasi»
Ehtimol bu savolga javob RF Federatsiya Kengaşi xalqaro işlar böyiça qömitasi raisining birinçi örinbosari Vladimir Jabarovning sözlarida bölişi mumkin. U Zaporijjyada referendum ötkaziş uçun «oblastning butun hududi neonatsistlardan xalos bölişi kerak» degan edi.
«Xalqaro hamjamiyatning munosabati salbiy böladi. U har doim salbiy bölib kelgan. Qrim bilan ham vaziyat xuddi şunday edi», deydi u. Biroq, bu rossiyalik senatorni bezovta qilmaydi: «Ammo biz rus dunyosini asl çegaralariga qaytaryapmiz. Xalqaro hamjamiyatning munosabati ikkinçi darajali».
Senator Jabarov: «Xalqaro hamjamiyatning munosabati ikkinçi darajali»
MIKHAIL METsEL/TASS
Xerson va Zaporijjya oblastlarining bosqinçi hukumati yoz boşida Rossiyaga qöşiliş böyiça referendumlar haqida gapira boşladi. Ularning ta’kidlaşiça, bunday referendumlar ğoyasini Rossiya prezidenti ma’muriyatining birinçi örinbosari, Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlari kuratori hisoblangan Sergey Kiriyenko qöllab-quvvatlamoqda.
Federatsiya Kengaşining Qrim böyiça vakili Olga Kovitidi 8 avgust kuni özining telegram-kanalida ta’kidlaganidek, «mintaqani umumrossiya makoniga integratsiya qiliş böyiça Qrimning noyob tajribasi ozod qilingan hududlarda ham talabga ega. Bu masala Zaporijjya va Xerson viloyatlari bilan çeklanib qolmaydi».
Darhaqiqat, Qrim özini kuttirib qöymadi. «Işonçim komilki, referendum xalqning xohiş-irodasini rasman tasdiqlaydi. Mening topşiriğim bilan Sevastopol vakillaridan iborat jamoa hozi Zaporijjyada bölib, bu tarixiy voqea – xalq irodasini taşkil etişga yordam bermoqda. Sevastopol 2014 yilda bu yölni bosib ötgan edi, tajribamiz bilan bajonidil örtoqlaşamiz», dedi Sevastopol gubernatori Mixail Razvozjayev.
Annexia qilingan Qrim 2014 yilda ötkazilgan referendum natijalariga köra, Moskva tomonidan Rossiya hududi deb e’lon qilingandi. Uning qonuniyligi dunyoda deyarli heç kim tomonidan tan olinmagan. Ukraina Qrimni «vaqtinça bosib olingan hudud» deb ataydi.
«Meduza» naşrining yozişiça, bosib olingan hududlarda Kreml buyurtmasiga binoan ötkazilgan sörov şuni körsatdiki, respondentlarning atigi 30 foizga yaqini Rossiyaga qöşilişni qöllab-quvvatlagan.
Avvalroq BBC bu hududlarning qöşib olinişi haqida Kreml hali bir qarorga kelmaganini yozgan edi. Biroq Moskva va bosib olingan hududlardagi sönggi bayonotlar Kremlning bu ğoyaga tobora köproq moyilligini anglatişi mumkin.
«Rossiya, albatta, aldaşga harakat qiladi»
«Agar bosqinçilar soxta referendumlar yölidan borsa, ular özlari uçun Ukraina va erkin dunyo bilan muzokara ötkaziş imkoniyatlarini yopadilar, vaholanki, bu Rossiya tomoniga qaçonlardir kerak böladi», dedi Ukraina prezidenti Zelenskiy.
«Men juda oddiy narsani aytmoqçiman: bosqinçilarga niyatini amalga oşirişda har qanday yöl bilan yordam beradigan har bir kişi javobgarlikka tortiladi. Ular Ukraina oldida javob beradilar», - deb qöşimça qildi u.
Prezident Zelenskiy: «Agar bosqinçilar psevdoreferendumlar yölidan ketişsa, ular Ukraina bilan muzokaralar ötkazişga bölgan har qanday imkoniyatni özlari uçun yopadilar»
Bunga javoban, Kreml ehtimoliy referendumlar ötkazilişi mintaqa aholisining rejalariga kirişini aytdi. «[Ukraina rahbariyati] öz fuqarolariga murojaat qilib, nega ularning köpçiligi mamlakatda yaşaşni istamayotganini söraşi kerak», dedi Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Keyinçalik, Zelenskiy ma’muriyati Kiyev va Moskva örtasidagi muzokaralarni qayta boşlaş mumkinligini aytdi, ammo bu faqat Rossiyaning bir neça muhim taktik mağlubiyatlaridan söng röy berdi. Aks holda Kreml aldaşga harakat qiladi.
«Bugungi kunda Rossiya bilan kelişuvga erişib bölmaydi. Rossiya, albatta, rad etadi yoki şartnoma imzolayotgan tomonlarni aldaşga harakat qiladi.
U özining ekspansionistik imkoniyatlaridan töliq foydalanadi va Ukraina uçun nomaqbul bölgan status-kvoni olğa surmoqçi. Şuning uçun ham Rossiya bilan muzokaralar jarayoni [armiyasining] bir neça muhim taktik mağlubiyatlaridan keyin boşlanişini tuşuniş kerak», dedi prezident devonxonasi rahbari maslahatçisi Mixail Podolyak Le Figaro naşriga bergan intervyuda.
ZaporijjyaAES: «Juda yuqori xavf ostidagi vaziyat»
Zaporijjya AES uruş boşida, mart oyida rus harbiylari tomonidan qölga olingan, ammo ukrainalik xodimlarini saqlab qolgan edi.
Dam oliş kunlari Kiyev va Moskva bir-birini atom elektr stansiyasini öqqa tutişda aybladi.
Rossiya Zaporijjya AESni mart oyidayoq egallab olgandi. Hozirda u yerda ukrainalik mutaxassislar rossiyalik olimlar bilan hamkorlikda işlamoqda, ularni rossiyalik harbiylar nazorat qilmoqda.
Şeffild universitetining yadro materiallari parçalanişi böyiça mutaxassisi, professor Kler Korkhillning sözlariga köra, Zaporijjya AES atrofida qançalik köp raketa va minalar otilgan bölsa, «radiatsiya tarqalişiga olib kelişi mumkin bölgan öta oğir oqibatlar» xavfi şunçalik yuqori böladi.
Korkhill buni «juda yuqori xavf ostidagi vaziyat» deb ataydi. Uning eng katta taşvişi raketalarning muhim infratuzilmani işdan çiqarişi xavfi bilan boğliq. Agar bu sodir bölsa, reaktorning faol hududida muntazam aylanib turadigan suv uni sovita olmay qoladi.
«Eng yomon ssenariy – sovituvçi suyuqlik yöqolişi bilan boğliq avariya. Fukusimada aynan şunday bölgan edi», deb tuşuntirdi ekspert.
Biroq, ekspertning ta’kidlaşiça, jiddiy avariya ehtimoli aniq emas, reaktorlarning özi esa qattiq mustahkamlangan: ular hatto raketaning töğridan töğri zarbasiga ham bardoş berişi kerak.
Xalqaro yadro energiyasi agentligi (MAGATE) rahbari Rafael Grossi yaqinda atom elektr stansiyasidagi vaziyat «butunlay nazoratdan çiqib ketgani»ni aytgandi. Uning sözlariga köra, atom elektr stansyalarining xavfsiz işlaşi tamoyillari buzilgan va vaziyat «öta xavfli».