Tomonlar savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni çuqurlaştiriş istiqbollarini körib çiqdi. 2022 yil birinçi yarimida özaro tovar aylanmasi 31 foizga ösgani va bu körsatkiç 247,5 mln dollarga yetgani qayd etildi. Savdo munosabatlarini jadallaştiriş hamda import-eksport operatsiyalari nomenklaturasini kengaytiriş böyiça aniq tadbirlar belgilandi.
Muloqotda investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş imkoniyatlariga töxtalib ötildi. Sönggi bir neça yil içida Özbekistonda Amerika kapitali asosida taşkil topgan korxonalar soni ikki baravar köpayib, 315 tani taşkil etdi. Özbekistonda Amerika kompaniyalari iqtisodiy iştirokini kengaytirişga özaro qiziqiş bildirildi. Buning uçun tomonlar AQŞ yetakçi kompaniyalari va moliyaviy taşkilotlarini mamlakat hududida qöşma loyihalarni amalga oşirişga jalb qiliş uçun imkoniyatlarni birlaştirişni rejalaştirdi.
Uçraşuv davomida ikki tomonlama munosabatlar özaro manfaatli boşqa masalalar ham körib çiqildi. "Yaşil" energetika, qişloq xöjaligi va yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş doirasida AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikni davom ettiriş, istiqbolli sohalarda turli loyihalarni amalga oşirişda AQŞ Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikni faollaştirişga kelişib olindi.
Deniel Rozenblyum AQŞning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişi jarayonida Özbekistonni qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga sodiqligini bildirdi.












