Akipress xabariga köra, Bişkek şahar IIBB jinoyat qidiruv boşqarmasi Qirğiziston Jinoyat kodeksining 37-122-moddasi (qotillikka suiqasd) böyiça jinoyat sodir etişda gumonlanuvçilarni qidirmoqda. 

Gumonlanuvçilar orasida: 

  • Stepanov Nikolay Nikolayeviç (1999 yilda tuğilgan), Bişkek şahridan; 
  • Stepanov Lev Viktoroviç (1994 yilda tuğilgan), özbekistonlik; 
  • Qalandarov Gennadiy Gennadiyeviç (1993 yilda tuğilgan), özbekistonlik. 
Foto: Akipress

Otişma haqida 8 avgust kuni ma’lum böldi.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, hodisa Qirğiziston poytaxti ğarbida sodir bölgan. Range Rover maşinasini boşqarayotgan erkak noma’lum quroldan öq uzgan va keyin qoçib ketgan.