78.ru naşri xabariga köra, jinoyat işi qözğatilib, tergov jarayoni va natijalari nazoratga olingan. 

Bundan taşqari, prokuratura korxona mansabdor şaxslari tomonidan mehnatni muhofaza qiliş töğrisidagi qonun hujjatlariga qanday rioya qilinganligini tekşiradi. 

Lomonosov tumanidagi korxonada sodir bölgan yonğindan keyin özbekistonlik fuqaro oğir kuyiş jarohatlari bilan jonlantiriş bölimiga yotqizildi. Qutqaruvçilarga 10 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:16 da sanoat zonasida yonğin çiqqani haqida xabar kelib tuşgan. Aniqlanişiça, bitum işlab çiqariş bilan şuğullanayotgan korxona hududida vintli aralaştirgiç yonib ketgan. Yonğin soat 11:45 da öçirilgan. 

Yonğin natijasida özbekistonlik fuqaro (1984 yilda tuğilgan) Janelidze nomidagi Şoşilinç tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot institutining kuyiş jarohatlari jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Erkak tanasida kuyiş darajasi 80 foiz, 2-darajani taşkil qiladi