Parlament saytida xabar qilinişiça, uşbu masala yuzasidan deputatlar savollariga soğliqni saqlaş vaziri Behzod Musayev javob berdi.

Qonunçilik palatasi deputati Jahongir Abdurasulovga köra, davlat tibbiyot taşkilotlari tomonidan körsatiladigan tibbiy xizmat narxlari Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi, Moliya va Soğliqni saqlaş vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi. 

“Raqamlarga nazar solsak. Masalan, Bolalar milliy tibbiyot markazi tomonidan körsatilayotgan ba’zi xizmatlar narxi (koyka, laborator tekşiruvlar, UZI va boşqa tahlillar) xususiy klinikalar narxlaridan 2 barobar qimmat. Vaholanki, tumanlardan yöllanma (order) bilan kelgan bemorlarga bepul xizmat körsatilsa-da, uşbu xizmatlar davlat budjetidan qoplab beriladi. Mazkur narxlar hisoblab çiqarilişi uçun asos bormi? Narxlar ustidan kim nazorat olib boradi?” - deya savol bilan yuzlandi u.

Soğliqni saqlaş vaziri Behzod Musayevning aytişiça, hozirda suğurta tizimi orqali qoplaş tizimida tajriba orttirilyapti. Bu böyiça davlat suğurta jamğarmasi bir qator vazirlik va idoralardan iborat boşqaruv kengaşi bor. 

“Bir oy avval yiğilganimizda bir qança xarajatlarni optimallaştirişga kelişib oldik. Men siz aytgan misollarga yana qöşimça qilmoqçiman.

Misol uçun, urologiya markazida davolaş protokoli böyiça statsionarda davolaniş muddati 12 kun deb belgilangan. Hozirgi kunda jahon amaliyoti böyiça urologiya yangi tibbiy texnologiyalar yordamida operatsiya qilinib, uç kundan ortiq davolanişga hojat qolmayapti. 

Bir narsani aytmoqçimanki, Bolalar milliy tibbiyot markazi bugungi kunda 50 foizi davlat budjetidan, 50 foizi “xozrasçyot” hisobidan faoliyat olib bormoqda”, dedi u.

Uning sözlariga köra, davolaniş narxi har bir klinikada uning profili, bemorning ahvoli, bajarilgan muolajalar soni va jarrohlik aralaşuviga bölgan ehtiyojdan kelib çiqib farq qiladi.

Qayd etilişiça, belgilangan ta’riflar nafaqat bu markazda, balki boşqa tibbiyot muassasalarida ham işçi guruhlar tuzilib optimallaştiriladi, soddalaştiriladi va xarajatlarni qisqartiriş çoralari köriladi.

“Natijada, davlat suğurta jamğarmasiga ajratilgan 556 mlrd söm budjet mablağidan imtiyozli guruhga kiruvçi kasallarni köproq davolaş imkoniyatiga ega bölamiz”, dedi Behzod Musayev.