“Özbekiston” telekanalidagi “Munosabat” tok-şousining navbatdagi sonida tadbirkorlikni rivojlantiriş mavzusi muhokama qilindi.
Körsatuv davomida boşlovçi Quddus A’zam Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi boşqarma boşliği Uluğbek Fayozovga quyidagiça savol bilan murojaat qildi:
“Ajoyib takliflar ham berilişi kerak-da. Masalan, qömitaning vakili sifatida özingizning ham fikringiz böladi, rejalar bordir, qaysi korxonalar sizning nazaringizda xususiylaştirilişi, ularga berilgan imtiyoz va preferensiyalar bekor qilinişi hamda öşa yerda ham raqobat bölişi kerak?”
Aksilmonopol organ vakili savolga aniq javob bermay, masalaning boşqa jihatlari – xususiylaştiriladigan sohalar biznes uçun qiziq bölişi kerakligi va kadrlar masalasi haqida gapirdi.
“Avvalombor, xususiy sektorga qiziq bölgan davlat iştirokidagi korxonalarni xususiy sektorga beriş, eng asosiy vazifa – egasiga beriş. Çunki davlat mexanizmi tomonidan işlab çiqarilişida köp töğanoqlar öz vaqtida yeçilmaydi.
Boya siz kadrlar salohiyati borasida töğri fikrni bildirib ötdingiz. Faqatgina tor doiradagi mutaxassislar şu sohaga jalb qilinganidan keyin, mana, biznes vakillari ham buni tasdiqlaşi mumkin, qiziq bölsa böladi bu biznes. Aynan biznesga qiziq bölgan sohalarni xususiy sektorga beriş çoralari körib çiqiladi. Bu 25 tadan ziyod ham bölişi mumkin”, – dedi Uluğbek Fayozov.
2022 yilgi davlat dasturiga binoan, 2026 yilgaça 25 dan ortiq faoliyat turi böyiça monopoliyalar tugatilişi belgilangan. Şundan:
- 2022 yilda – 14 ta, şu jumladan sertifikatlaştiriş xizmatlari;
- 2023–2025 yillarda – 11 ta, şu jumladan neft mahsulotlarini saqlaş, temir yöllarda taşişda qöşimça xizmatlarni körsatiş, aerovokzal va vokzal oldi komplekslarini yuritiş xizmatlari, temir yölda ekspeditorlik xizmatlari kabi faoliyat turlarida monopoliyalarga barham beriladi.
Beş yil içida monopoliyalar tugatiladigan 25 dan ortiq faoliyat turlari röyxati hali töla ma’lum emas. Aholi orasida eng köp e’tirozlarga sabab böladigan UzAuto Motors va Uzbekistan Airways kabi davlat korxonalarining monopoliyasi bu röyxatdan joy oliş-olmasligi












