Amnesty International taşkiloti Ukraina qurolli kuçlarini maktab va şifoxonalarda harbiy bazalarni asossiz joylaştirişda aybladi. Huquq himoyaçilarining hisoboti Moskva tomonidan qöllab-quvvatlandi, ammo Kiyevda e’tirozlarga sabab böldi. Keyinçalik Amnesty öz hisoboti ukrainaliklarga ozor yetkazganidan afsusda ekanini bildirdi, biroq xulosalaridan tonmadi. Bunday taktikalar haqiqatan ham xalqaro gumanitar huquqni buzadimi? Va unga muqobil variant bormi?
«Biz şu rejimda işlayapmiz»
Har kuni ertalab Ukraina şimolida joylaşgan oblast markazidagi ta’lim muassasasi xodimi Yekaterina Andreyevna (ismi xavfsizlik nuqtayi nazaridan özgartirilgan) işga boradi. U birinçi bölib hamkasblari yoki qöriqçilarni emas, balki Ukraina qurolli kuçlari (UQK) harbiy xizmatçilarini köradi.
Uning muassasasi xavfsizlik va mudofaa sohasiga aloqasi yöq, şuningdek, muhim strategik obekt emas. Yozgi ta’til paytida u yerda maşğulotlar ötkazilmaydi. Karantin tufayli bahorda talabalar soni ham çeklandi.
Ammo, aslida, Rossiyaning keng kölamli bosqini boşlanişi bilanoq, binoning bir qismi UQK tomonidan foydalanilmoqda. U yerga kiriş taqiqlangan, şuningdek, harbiylarning maqsadi va qança muddat binoda bölişi haqida söraş mumkin emas. Binoga kiriş nazorati kuçaytirilgan.
«Hozir şunday rejimda işlayapmiz. Yangi öquv yiliga tayyorgarlik köryapmiz, abituriyentlarni qabul qilamiz va hokazo. Harbiylar bunga e’tibor berişmaydi, ular binoning boşqa qismida yaşaydi, bizga faqat oşxonada, tuşlik paytida duç keladilar, xolos», deydi Yekaterina.
Bu yagona holat emas. Ukraina harbiylari frontga yaqin şaharlarda ham, nisbatan xavfsiz hududlarda ham ba’zan öz bölinmalarini fuqarolik muassasalariga joylaştiradi. Bu şaxsiy tarkibni mamlakat böylab bir tekis joylaştiriş va strategik yönalişlarda mudofaa pozitsiyalarini taşkil etiş uçun qilinmoqda.
Amnesty taşkiloti tanqidi
«Ukraina qöşinlari Rossiya bosqiniga javob qaytariş çoğida aholi yaşaş joylari, jumladan, maktab va şifoxonalarda bazalar va qurol-yaroğ tizimlarini joylaştiriş orqali tinç aholini xavf ostiga qöygan», deyiladi Amnesty International hisobotida.
Mavzuga oid
Mart oyi boşida RF qöşinlarining raketa zarbalaridan vayron bölgan maktab binosi. Avgust oyiga kelib Ukrainada qariyb 2 ming maktab zarbaga uçragan. Foto: EPA
Taşkilotning Ukraina vakolatxonasi uşbu hisobotdan özini çetga oldi, uning rahbari Oksana Pokalçuk iste’foga çiqqanini e’lon qildi.
Amnesty International boş kotibi Anes Kallamarning sözlariga köra, ukrainalik harbiylarning bunday harakatlarini oqlab bölmaydi va ular tinç aholi uçun xavf tuğdiradi. Şuningdek bu, göyo xalqaro gumanitar huquqning buzilişi hisoblanadi.
«Harbiylar uruşda heç qaçon şifoxonalardan foydalanmasligi kerak. Maktablar yoki fuqarolik binolaridan boşqa imkoniyat qolmaganida, faqat sönggi çora sifatida foydalaniş mumkin», deya ta’kidlaydi Kallamar.
Xalqaro gumanitar huquq (XGH), birinçi navbatda, Jyeneva konvensiyasi va protokollari qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilişga qaratilgan. Aslida u harbiylarga qöyilgan va tinç aholini uruşning halokatli oqibatlaridan himoya qilişi kerak bölgan çeklovlar bilan taqiqlar röyxatidan iborat.
Ammo ular orasida tibbiyot va ta’lim muassasalaridan harbiy maqsadlarda foydalaniş taqiqlanişi haqidagi band yöq. Şu bilan birga, XGH qurolli kuçlarni aholi ziç joylaşgan hududlarda pozitsiyalarni örnatişdan tiyiliş haqida qat’iy ogohlantiradi. Çunki, harbiylar fuqarolik muassasalariga joylaştirilişi ularni avtomatik ravişda duşman uçun qonuniy harbiy nişon maqomiga ötkazadi.
Qayd etiş joizki, maktablar harbiy mojarolar nişoniga tez-tez tuşgani sababli, 2010 yilda BMT kömagida Ta’lim muassasalarini hujumlardan himoya qiliş böyiça global koalitsiya (GCPEA) tuzilgandi. Uning faoliyati doirasida Norvegiya va Argentina hukumatlari «Maktablar xavfsizligi töğrisidagi deklaratsiya» va ta’lim muassasalari qurolli mojarolar nişoniga aylanişining oldini oliş böyiça aniq körsatmalar işlab çiqdi.
Deklaratsiya 114 davlat, jumladan, Ukraina tomonidan imzolangan (2019 yil noyabr oyida). Imzolaganlar orasida Rossiya yöq.
Uşbu hujjatlarning asosiy qoidasi quyidagiça: qurolli töqnaşuv paytida maktablar va universitetlar, hatto ta’til vaqtida ham, harbiylar tomonidan öz ehtiyoji uçun foydalanilmasligi kerak. Taşlandiq binolardan bunday maqsadda foydalaniş mumkin, lekin faqat imkoni boriça qisqa vaqt oraliğida va muqobil variant bölmagan taqdirda.
Agar maktab harbiy obektga aylangan bölsa, u holda duşman unga zarba berişni rejalaştirayotgani haqida oldindan ogohlantirişi kerak.
Amnesty International öz hisobotida Ukraina uşbu Deklaratsiyani imzolaganini va öz zimmasiga muayyan majburiyatlarni olganini eslatadi. Ta’lim muassasalaridan harbiy maqsadlarda foydalaniş tinç aholi uçun jiddiy tahdid, deydi taşkilot va Ukraina kuçlari, fuqarolarni tahdiddan ogohlantirmayotgani, evakuatsiya qilişga yordam bermayotganini qöşimça qiladi.
Ukraina rasmiylari bu ayblovlarni rad etmoqda.
Prezident Volodimir Zelenskiy Amnesty taşkiloti «mas’uliyatni tajovuzkordan jabrlanuvçi zimmasiga ötkazayotgani»ni aytdi. Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov taşkilot «adekvatligini yöqotgani»ni ta’kidladi. Taşqi işlar vaziri Dmitro Kuleba esa hisobotni «manipulyatsiya» deb atadi.
Mikolayivdagi şifoxona hovlisida rossiyaliklar snaryadidan hosil bölgan öra. RF qöşinlari uşbu şaharni deyarli har kuni öqqa tutmoqda
Taşkilotning özida ham boş idoraning xulosalariga qöşilmaganlar böldi. Ukraina byurosi rahbaridan taşqari, Amnesty International taşkilotining Şvetsiyadagi bölimi asosçisi Per Vestberg ham iste’foga çiqdi.
Rossiya ommaviy axborot vositalari Amnesty taşkilotining ukrainalik harbiylarga qarşi ayblovlar joy olgan hisobotini yoppasiga tarqatib, uni Ukrainadagi tuğruqxonalar, maktablar va bolalar boğçalariga berilayotgan zarbalar qonuniy ekanining isboti sifatida taqdim etdi.
Majburiy taktika
Ammo zamonaviy uruşlar şaroitida, hatto tomonlardan birining kuçli iştiyoqi bilan ham xalqaro huquqning barça normalariga rioya qiliş mumkinmi? Ekspertlar bunga şubha bilan qaraşadi.
«Ukraina şaharlarida olib borilayotgan uruş şaroitida buni imkonsiz deb hisoblayman», deb tuşuntiradi Mudofaa tadqiqotlari instituti xodimi Natia Seskuriya. Taşkilot Buyuk Britaniyaning mudofaa va xavfsizlik böyiça dunyodagi eng qadimgi va yetakçi tahlil markazidir.
Ekspertning fikriça, Rossiya Ukraina şaharlarini doimiy ravişda öqqa tutmoqda va fuqarolik infratuzilmalariga zarba berib, aholi punktlarini egallaş uçun «ortiqça kuç işlatyapti».
Ukraina kuçlari uçun, deydi Seskuriya, şaharlarda joylaşişdan boşqa çora yöq. Aks holda rus qöşinlari kam kuç sarflab, öz maqsadiga erişgan bölardi.
«Şuning uçun ham Amnesty International hisoboti juda muammoli, ayblovlar hozirgi voqelikdan ajralgan va Ukraina qurolli kuçlari öz mamlakati va fuqarolarini himoya qiliş uçun olib borişi kerak bölgan uruş mohiyatini tuşunmaslikni körsatadi», deydi u.
Uning fikriça, Ukraina armiyasi hozirda yopiq turgan maktab va muzeylar kabi fuqarolik obektlaridan qonuniy foydalanişi mumkin.
Ekspertlar fikriça, ukrain harbiylari pozitsiyalarini şaharlarga joylaştirişga majbur. Fotoda - Severodonetsk markazidagi ukrain harbiylari. Oğir janglardan keyin iyun oyida Rossiya uşbu şaharni egallab olgandi.
Bundan taşqari, u Ukraina hukumati bir neça bor tinç aholini front yaqinidagi şaharlardan zudlik bilan evakuatsiya qilinişga çaqirganini eslatadi.
Şu bilan birga, uşbu hududlardan tinç aholining «majburiy köçirilişi» yana Xalqaro gumanitar huquq normalarining buzilişi sifatida baholanadi. Şuning uçun, deb xulosa qiladi Seskuriya, Ukraina tomoni fuqarolarni front çiziğini tark etişga undaşi va rağbatlantirişi kerak, biroq ularni çiqib ketişga majburlay olmaydi.
Mutaxassisning ta’kidlaşiça, Rossiya kuçlarining bu uruşni olib boriş uslubidan kelib çiqiladigan bölsa, Ukraina harbiylarining fuqarolik obektlaridan foydalanişdan tiyilişi juda qiyin va ilojsiz.
Boşqalar qanday uruş olib borgan?
Ammo bu muammo faqat Rossiya – Ukraina uruşi uçun dolzarb emas, deb tuşuntiradi harbiy tahlilçi va tarixçi Mixail Jiroxov.
Ötgan asrdagi har bir qurolli töqnaşuvda xalqaro huquq normalarining buzilişiga yöl qöyilgan, hatto tomonlar undan tiyilişga harakat qilgan bölsalar ham.
«Agar XX asrdagi uruşlar haqida gapiradigan bölsak, unda himoyalanuvçi tomon fuqarolik infratuzilmasi elementlaridan foydalanmasligi kerak degan şartlar bölmagan», deydi u.
Masalan, Afğonistondagi AQŞ qöşinlari (2001 yildan 2021 yilgaça) tinç aholi xavfsizligini ta’minlaşga urinişgan, deb eslaydi ekspert. Ular öz bazalarini aholi yaşaş punktlaridan taşqarida joylaştirişga harakat qilişgan.
AQŞ harbiylari Afğonistonda 20 yil davomida toliblarga qarşi kuraşgan. Bu vaqt mobaynida minglab tinç aholi vakillari harbiy harakatlar qurboniga aylangan. Foto: Reuters
Lekin, birinçidan, Afğonistonda urbanizatsiya darajasi Ukrainadagidan ança past, ikkinçidan, AQŞ qurolli kuçlari harbiy harakatlar paytida fuqarolik obektlaridan foydalanişga majbur bölgan holatlar ham bor.
1970-80-yillarda Afğonistonda jang qilgan sovet armiyasi xalqaro huquq kabi masalalarga e’tibor ham bermagan.
«Sovet qöşinlari Kobuldagi barça fuqarolik infratuzilmasidan foydalangan», - deydi u. «Xususan, ular xalqaro aeroportda joylaşgan edi».
Rossiya harbiylari Çeçeniston va Suriyadagi harbiy yurişlarida ham xuddi şunday harakat qilgan.
Zamonaviy qurolli töqnaşuvlar orasida Isroil va Falastin örtasidagi qarama-qarşilikni qayd etiş mumkin. Masalan, Isroil tomonidan Ğazo sektorining deyarli har bir öqqa tutilişida tinç aholi qurbon böladi, deb ta’kidlaydi Jiroxov. Bu urbanizatsiya darajasi katta ekani va aholining ziç joylaşgani bilan boğliq.
«Uruş paytida fuqarolik va harbiy binolar örtasidagi tafovut öta nozik holatda böladi. Ba’zan buni ajratib olişning deyarli imkoni yöq. Masalan, duşman uçun bu bino hududiy mudofaa bazasi bölsa, biz uçun maktab», - deb tuşuntiradi tarixçi Jiroxov.
Buning oqibatlari böladimi?
Ukraina kuçlari tomonidan xalqaro huquq me’yorlarining buzilişi ehtimoli Rossiya kuçlarinikiga nisabatan «ança kam miqdorda bölsa-da» nafaqat Amnesty International, balki BMT tegişli departamentida ham muhokama qilinmoqda.
Masalan, BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari boşqarmasining iyun oyidagi hisobotida Ukraina harbiylari fuqarolik obektidan bir marta «tirik qalqon» sifatida foydalangani ehtimoliga e’tibor qaratiladi.
Gap Luhansk oblastining Kreminna şahri yaqinidagi qariyalar uyi haqida ketmoqda. Mart oyi boşida, faol jangovar harakatlar uşbu obektga yaqinlaşganda, uning rahbariyati mahalliy hokimiyatga murojaat qilib, bemorlarni evakuatsiya qilişda yordam söragan. Ammo bu amalga oşirilmagan, çunki «Ukraina harbiylari yöllarni minalab, yopib qöyişgan».
Lisiçansk (Luhansk oblasti) aholisi vakili özi yertölasida yaşiringan maktab bombardimon qilinganidan keyin
Şuningdek, BMT kuzatuvçilari Ukraina qöşinlari pansionatga kirib, bostirib kelayotgan Rossiya qöşinlari bilan otişma sodir qilganini ta’kidlaşadi. Birinçi bölib kim öq otgani xalqaro kuzatuvçilar tomonidan aniqlanmagan. Otişma çoğida fuqarolik muassasasida yonğin çiqqan va 71 bemordan faqat 22 nafari tirik qolgan.
Kiyev 2014 yildan beri xalqaro gumanitar huquqning ahamiyati va unga sodiqligini bir neça bor e’lon qilgandi. Uni amalga oşiriş uçun hujjatlar işlab çiqildi, uni örganiş va qöşinlarning rioya qilişi ustidan nazorat kuçaytirildi.
Xalqaro gumanitar huquqni qöllaş bilan boğliq ba’zi muammolar Ukrainada uni amalga oşiriş uçun mas’ul bölgan davlat organi özgarişi bilan boğliq bölişi mumkin. Ilgari bunga Adliya vazirligi mas’ul bölsa, keyingi yillarda vaqtinça bosib olingan hududlarni reintegratsiya qiliş vazirligi şuğullanmoqda. Taşkilot boşliği, boş vazir örinbosari Irina Vereşçuk Amnesty hisobotini tanqid qilgan bölsa-da, huquq himoyaçilari ataylab xato qilmagan, degan fikrni bildirdi.
«Ularning bayonotini şunday tuşuniş mumkinki, göyo Ukraina armiyasi öz fuqarolari uçun xavf tuğdirmoqda. Menimça, bu inson huquqlari taşkiloti yomon iş qilmoqçi emas. Balki bu sözlarni notöğri tanlaş yoki notöğri urğu beriş oqibatidir», deb qayd etdi u.
Sergey Petuxov 2015-2019-yillarda Adliya vazirligida xalqaro gumanitar huquq sohasi böyiça mas’ul xodim sifatida işlagan edi.
Advokat Petuxovning aytişiça, öşa paytda u Xalqaro gumanitar huquq nazorati bilan şuğullanuvçi taşkilotlar, xususan, BMT monitoring missiyasi bilan doimiy aloqada bölgan. Uning sözlariga köra, missiya har doim öz hisobotlarida Ukraina rasmiylarining muayyan masalalar böyiça pozitsiyasini aks ettirgan, şuningdek, hujjatning yakuniy versiyasini e’lon qilişdan avval Kiyevga yuborgan.
Amnesty bu jihatni e’tiborsiz qoldirgan, şuningdek, tinç aholining uruş zonasidan evakuatsiya qilinişi masalasi böyiça aniq dalillarni ham e’tiborga olmagan. «Şu tufayli ularning hisoboti juda örinsiz bölib çiqmoqda», dedi u.
Xalqaro gumanitar huquq me’yorlarini buzgan harbiylarga ham, ularga buyruq bergan qömondonlarga ham jinoiy javobgarlik közda tutilgan.
Nazariy jihatdan, Ukraina qurolli kuçlari harbiylarining ba’zi xatti-harakatlari Xalqaro jinoiy sudda körib çiqilişi mumkin. U Rossiya-Ukraina uruşidagi tomonlarning harakatlarini tergov qilişni boşlagan.
Ammo Adliya vazirligining sobiq xodimi Ukraina harbiylari harakatlarida xalqaro huquq me’yorlarining tizimli buzilişi alomatlari yöqligiga amin. «Men taşvişlanişga heç qanday sabab körmayapman», deydi Petuxov.
«Xalqaro jinoiy sud Ukrainadagi vaziyat böyiça mustaqil tergov olib bormoqda. Albatta, Amnesty ham boşqa nohukumat taşkilotlari kabi öz hisobotini sudga yuborişi mumkin», - deb tuşuntiradi u. Ammo ular foydalangan uslubdan kelib çiqiladigan bölsa, hisobotda aniq dalillar yöq. Şuning uçun huquqiy jihatdan bu bema’ni ayblovlar Xalqaro jinoiy sud pozitsiyasiga ta’sir qilmaydi. Lekin siyosiy jihatdan, ha, ular allaqaçon aks-sado berib bölgan».
Ukraina Strategik kommunikatsiyalar va axborot xavfsizligi markazi Amnesty International öz hisobotini tayyorlaşda guvohlar tomonidan bosim ostida berilgan körsatmalardan foydalangan, şuning uçun uni obektiv deb hisoblaş mumkin emasligiga işontirmoqda.
Xarkivdagi maktab rossiyaliklar zarbasidan keyin. Foto: Reuters
Mana beş yildirki, Ukraina qurolli kuçlari xalqaro huquq me’yorlariga qanday rioya qiliş böyiça aniq körsatmalarga ega.
Unda qömondonning huquqiy masalalar böyiça maxsus yordamçisi lavozimi közda tutilgan. Bunday yordamçi harbiy harakatlarni rejalaştirişda iştirok etişi va ularning xalqaro huquq me’yorlariga muvofiqligini tekşirişi kerak. Agar qömondon uning fikrini e’tiborsiz qoldirsa va qonunbuzilişining oldini olmasa, huquqşunos bu haqda yuqori rahbariyatga xabar berişga majbur.
Körsatmada zamonaviy uruş qoidalarining asosiy bandlaridan biri ham bor: fuqarolik obekti, vaziyatga qarab, «harbiy obektga aylanişi mumkin». Ammo uning harbiy maqsadlarda işlatilişi şubha uyğotsa, birinçi navbatda fuqarolik obekti deb hisoblanişi kerak. Demak, u hujum nişoni böla olmaydi.