«Çelsi» sotdi va sotib oldi. Yevropada sönggi haftada yana önlab transferlar
|22:15 / 14.08.202220 65711 min
Yevropa klublari faollik bilan tarkiblarni kuçaytirmoqda - bir hafta içida 25 dan ortiq transferlar amalga oşdi. «Torino»da RPLning ikki nafar sobiq futbolçisi paydo böldi, «Çelsi» himoyaçi oldi va forvardini sotdi, «Borussiya» Holandga örinbosar sifatida olib kelingan Allerga örinbosar topdi. Quyida sönggi haftada röy bergan asosiy transferlar haqida.
Foto: STUART FRANKLIN/GETTY IMAGESFoto: STUART FRANKLIN/GETTY IMAGES
Timo Verner: «Çelsi» → «RB Leypsig» (20 mln yevro)
Ikki yil muqaddam «Lepytsig» Vernerni 53 mln yevro evaziga «Çelsi»ga sotgandi. Bu transferni Roman Abramoviç davridagi eng muvaffaqiyatsizlaridan biri deb ataş mumkin. «Leypsig»da Timo örtaça 1,7 öyinda bitta gol urgan bölsa, «Çelsi»da uning körsatkiçlari juda tuşib ketdi — u endi bir gol urişi uçun 3,9 öyin talab etildi. Endi inglizlar klubi forvardni qariyb sotib olganidan uç barobar arzonga sotdi. Nemis futbolçisida yana töpurarlik qobiliyatini tiklaş imkoniyati mavjud, unga endi Domeniko Tedesko murabbiylik qiladi.
Mark Kukurelya: «Brayton» → «Çelsi» (65,3 mln yevro)
Bir hafta muqaddam taniqli insayder Fabritsio Romano «Çelsi» qanot himoyaçisi Kukurelya transferi borasida kelişib olganini xabar qilgandi. Lekin «Brayton» matbuot xizmati bu ma’lumotni rad etdi va heç qanday kelişuv yöqligini ma’lum qildi. Bir kun ötib esa ispaniyalik futbolçi tibbiy körikdan muvaffaqiyatli ötib, londonliklar klubi bilan olti yillik şartnoma imzoladi.
Kelişuv imzolangaç Kukurelya dunyoning eng yaxşi klublaridan biriga ötganidan xursand ekanini aytdi. Ötgan mavsumda Kukurelya «Brayton» safida 39 öyinda maydonga tuşib «gol+pas» tizimida 3 (1+2) ball işlagandi.
Foto: MICHAEL REGAN/GETTY IMAGES
Gonsalu Gedeş: «Valensiya» → «Vulverhempton» (32,6 mln yevro)
«Valensiya»ga tört yilini bağişlagan portugaliyalik Gonsalu Gedeş vaziyatni özgartirişga qaror qildi. U safida bir qator vatandoşlari öynayotgan klubga kelib qöşildi. APLning 1-turida «Lids»ga qarşi keçgan öyinda (1:2) «Vulverhempton» tarkibida biratöla tört nafar portugaliyalik öynadi (yana biri zaxira örindiğida edi). Bu klubni boşqarayotgan murabbiy ham Gedeşning vatandoşi — Brunu Lajye. Şunday ekan, 25 yoşli futbolçida moslaşiş böyiça muammo bölmasligi kerak. Ötgan mavsumda u «Valensiya» uçun 42 öyinda 13 gol urgan va olti assist amalga oşirgan.
Filip Kostiç: «Ayntraxt» → «Yuventus» (12 mln yevro)
Serbiyalik futbolçi 2014 yildan buyon Bundesliga klublari safida öynab keladi. U jami uç klub («Ştutgart», «Hamburg», «Ayntraxt») safidagi iştirokdan keyin, 30 yoşida çempionatni özgartirdi. Kostiç ötgan mavsumda «Ayntraxt» safida Yevropa Ligasida ğalaba qozondi va barça turnirlar doirasidagi 42 öyinda «gol+pas» tizimida 22 (7+15) ball işladi.
Mavzuga oid
Nemislar klubi boş murabbiyi Oliver Glasner futbolçining ketişidan xafa bölganini yaşirmadi: «Közlarimda yoş. Kostiç biz uçun juda qadrli edi va uning ketişi bizni ranjitmay qöymaydi. Men unga «Ayntraxt»ni tark etişni istasa, bu işni qahramonlardek qilişi kerakligini aytgandim. Öylaymanki, u buni uddaladi, çunki u Yevropa Ligasining ötgan mavsumidagi eng yaxşi futbolçilardan biri böldi».
Lukas Torreyra: «Arsenal» → «Galatasaroy» (6 mln yevro)
Uşbu urugvaylik yarimhimoyaçi 2018 yildan buyon «Arsenal» a’zosi, ammo sönggi ikki mavsumda ijaraga berildi («Atletiko», «Fiorentina»). «Galatasaroy» esa 26 yoşli futbolçi uçun 6 mln yevro töladi va u bilan tört yillik şartnoma imzoladi. Ötgan mavsumda Torreyra Italiya çempionatida beşta gol urgan, bu esa tayanç yarimhimoyaçi pozitsiyasidagi futbolçi uçun juda yaxşi natija.
«Galatasaroy» bu yozda bir qator yaxşi xaridlarni amalga oşirdi, çunki jamoa ötgan mavsumdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin yana elita safiga qaytişi kerak.
Antoni Modest: «Kyoln» → «Borussiya» D (5,1 mln yevro)
Sebasten Allerning kasalligi haqida ma’lum bölgaç, «Borussiya» yangi forvard qidirişga tuşdi. Dortmundliklar qimmat bölmagan variantni afzal körişdi va 34 yoşli Modestni safga qöşib olişdi.
Fransuz futbolçisi Germaniyada katta tajribaga ega («Hoffenhaym» va «Kyoln» uçun 200 dan ortiq öyin ötkazgan) hamda ötgan mavsumda ham yaxşi statistika qayd etgan. Öşanda Antoni 35 öyinda raqiblar darvozasini 23 bor işğol etib, yana tört golga hammualliflik qilgandi. Futbolçi bilan bir yillik şartnoma imzolangan, Aller reabilitatsiya jarayonidan ötib keyingi mavsumga safga qaytişi közda tutilgan.
Foto: ALEX GRIMM/GETTY IMAGES
Jorjino Veynaldum: «PSJ» → «Roma» (ijara)
Niderlandiyalik futbolçi yangi mavsumni Italiyada ötkazadi. Agar futbolçi öyinlarning yarmida maydonga tuşsa va klub u bilan YeÇLga yöllanma olsa, «Roma» uning transfer huquqini sotib oladi. Jurnalist Skiraning ma’lumotiga köra, parijliklar Veynaldumning maoşining 40 foiz qismini tölaşda davom etadi.
Italiya çempionatida yuqori örinlardan birini egallaşni maqsad qilgan «Roma» uçun yomon transfer emas. Veynaldumning özi Rimga kelgaç, bu klubga ötişdan oldin Muhammad Saloh va Kevin Strotman bilan gaplaşgani va ular rimliklar klubi haqida juda köp yaxşi fikrlar bildirişganini aytdi.
Foto: LUCIANO ROSSI/GETTY IMAGES
Isko: «Real» → «Sevilya» (erkin agent)
Ispaniyalik «Real»da qariyb 10 yilini ötkazdi, 200 dan ortiq öyinda maydonga tuşdi va erkin agent maqomida ketdi. Ötgan mavsumda uşbu yarimhimoyaçi maydonda atigi 407 ötkazgan (YeÇL öyinlarida biror marta öynamagan), şu tufayli uning madridliklar safini tark etişi muqarrar bölib qolgandi.
«Sevilya»ga ötgaç, futbolçi uşbu klubning öyin uslubi öziga juda ma’qul ekanini aytdi. Şuningdek, öz darajasini namoyon etiş maqsadida kelganini bildirdi. Qayd etiş kerakki, Isko butun faoliyati davomida faqat öz vatani çempionatida öynamoqda.
Belgiyalik futbolçi Italiyada ötgan töqqiz yildan (qariyb 400 öyin) keyin «Napoli»ni tark etdi. Mertens Neapolda tuğilgan öğlini tizzasiga ötirğizgan holda videorolik yozdi. Dris Italiya janubidagi uyini sotmoqçi emasligini aytdi va «Napoli» muxlislari bilan vaqtinça xayrlaşdi.
Şundan keyin futbolçi «Galatasaroy» bilan bir yillik şartnoma imzoladi. Ötgan mavsumda Dris A Seriyaning 30 öyinida 11 gol urgandi, uning yangi klubi esa Turkiya çempionatida juda yomon mavsum ötkazgan (13-örin).
Foto: GALATASARAY.ORG
Aleksis Sançes: «Inter» → «Marsel» (erkin agent)
«Inter» yozgi transferlar oynasi davomida maoşlar vedomostini qisqartiriş ustida faol iş olib bordi. Asosiy muammo Arturo Vidal va Aleksis Sançesning şartnomalarida edi. Yakunda milanliklar klubi ikki çililik futbolçi bilan xayrlaşdi. Vidal avvalroq Braziliyaga yöl olgandi, Sançes esa şu kunlarda fransuz çempionatiga ötdi. Aleksis A Seriyaning ötgan mavsumida maydonda atigi 793 daqiqa ötkazdi, «Marsel»da u köproq imkoniyat berilişidan umid qilmoqda. Fransuzlar klubi fanatlari uşbu transferni juda yaxşi qarşilaşdi va yangi futbolçini kutib oliş uçun köçalarni töldirişdi.
Aleksey Mirançuk: «Atalanta» → «Torino» (ijara)
Rossiyalik yarimhimoyaçi nihoyat klubini özgartirdi va top-çempionatda qoldi. «Torino» Mirançukni mavsum yakuniga qadar ijaraga oldi, turinliklar uni 12 mln yevroga transfer qiliş huquqiga ega. Klublar örtasidagi muzokaralar oson keçmadi, ammo yakunda Aleksey baribir «Atalanta»ni tark etdi. «Torino» boş murabbiyi Ivan Yuriç rossiyalik futbolçi Jan Pero Gasperini qöl ostida öynaganini yuqori baholadi. Xorvatiyalik mutaxassisning sözlariga köra, Mirançukka moslaşiş uçun köp vaqt ketmaydi va u boşlanğiç tarkibga kirişi mumkin. Alekseyning agenti Vadim Şpinyov «Çempionat» bilan suhbatda «Atalanta» rahbariyati bu kelişuvga faqat futbolçiga hurmat yuzasidan rozi bölganini aytdi. Imij va moliyaviy jihatdan bergamoliklar uçun bu foydasiz transfer bölgan.
Nikola Vlaşiç: «Vest Hem» → «Torino» (ijara)
RPL çempionatida töp surgan yana bir futbolçi turinliklar klubida paydo böldi. Vlaşiçning «Vest Hem»dagi işlari yurişmadi (31 öyin, bir gol, ikki golli uzatma), va endi unda faoliyatini qayta jonlantiriş imkoniyati paydo böldi.
Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lumotiga köra, xorvatiyalik yarimhimoyaçi yangi klubiga ötiş uçun şartnomasi kamayişiga rozi bölgan. Mirançuk şartnoma imzolaşidan bir kun oldin Vlaşiç bilan uçraşgan. Şpinyovning sözlariga köra, futbolçilar bir-biri bilan iliq salomlaşgan va rus tilida gaplaşişgan: «Nikola juda mamnun edi, yigitlar bir-birini juda yaxşi qarşiladi, quçoqlaşişdi, axir Nikola rusçada juda yaxşi gaplaşa oladi. Ular körişganlaridan juda xursand edi».
Boşqa transferlar:
Benyamin Şeşko: «Zalsburg» → «RB Leypsig» (24 mln yevro, şartnoma 2023/2024 yilgi mavsumdan kuçga kiradi);
Andrea Pinamonti: «Inter» → «Sassuolo» (20 mln yevro);
Issa Diop: «Vest Hem» → «Fulhem» (17,8 mln yevro);
Mikkel Damsgor: «Sampdoriya» → «Brentford» (15 mln yevro);
Ivan Provedel: «Spetsiya» → «Latsio» (2 mln yevro);
Daniel Vass: «Atletiko → «Brondbyu» (1,75 mln yevro);
Anxelino: «RB Leypsig» → «Hoffenhaym» (ijara);
Ismaili: «Şaxtyor» → «Lill» (erkin agent);
Marlon: «Şaxtyor» → «Monsa» (ijara);
Neto: «Barselona» → «Bornmut» (erkin agent);
Konor Koudi: «Vulverhempton» → «Everton» (ijara);
Malang Sarr: «Çelsi» → «Monako» (ijara);
Pablo Mari: «Arsenal» → «Monsa» (ijara);
Antonio Kandreva: «Sampdoriya» → «Salernitana» (ijara);